Endi Telegram orqali «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» mumkin!

  •   DiMaX
  •  789
  •  18.08.2020 16:24

Endi Telegram orqali «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» mumkin!

Biz yaqinda Ucell bilan bog‘lanishning beshta muqobil usulini e’lon qilgan edik. Kompaniya rasmiy xabariga ko‘ra, endi ular qatoriga yana bittasi qo‘shilgan.

O‘QING: Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

«My Ucell» Telegram-bot yordamchisini ulab, siz uydan chiqmagan holda kompaniya mutaxassisiga o‘z savollaringizni berishingiz mumkin, deyiladi xabarda. Mazkur servisdan har kuni, soat 09:00 dan 18:00 gacha foydalanish mumkin.

«Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» servisi bo‘yicha so‘rov yuborilganidan va so‘rov samarali tasdiqlanganidan so‘ng, 631.5 so‘m hajmida to‘lov yechib olinadi. Shundan keyin sizga kompaniya mutaxassisi qo‘ng‘iroq qiladi va siz Kompaniya yangiliklari, aksiyalari, xizmatlari, yangi imkoniyatlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, siz o‘z mobil raqamingiz, ulatilgan xizmatlar haqida savol berishingiz va tarif rejasi bo‘yicha tavsiyalar olishingiz mumkin.

«My Ucell» Telegram-bot yordamchisi xizmati barcha haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari uchun amal qiladi. Uning shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali operatorning saytidagi tegishli sahifaga o‘tasiz.

O‘QING: 💥SIZ KUTGAN MA’LUMOT! Qaysi operatorning abonentlari eng ko‘p? (+infografik video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!