Endi Telegram'da SIM-kartasiz akkaunt ochish mumkin!

Endi Telegram'da SIM-kartasiz akkaunt ochish mumkin!

Telegram yana o'zidan o'tib tushdi. Pavel Durov messenjeri navbatdagi yangilanish bilan xavfsizlik va maxfiylikning yangi davriga qadam qo'ymoqda. Quyida kecha chiqarilgan Telegram yangilanishidagi o'zgarishlar va yangiliklar bilan tanishing:

SIM-kartasiz akkaunt ochish

Ha, endi sizga Telegram akkaunt ochish uchun SIM-karta shart emas. Ushbu yangilanish bilan siz Fragment platformasidagi blokcheyn bilan himoyalangan anonim raqamlar orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Ular +888 bilan boshlanadi va ularni siz fragment.com'dan eng kamida 9 TON yoxud 16 dollar atrofidagi narxga sotib olishingiz mumkin.

Barcha chatlar uchun avtomatik o'chirish taymeri

Ushbu versiya bilan siz akkauntingizdagi barcha yangi chatlar va guruhlar uchun xabarlarni avtomatik tarzda o'chadigan qilib sozlab olishingiz mumkin. Aytish kerakki, bu funksiya yoqilishidan avvalgi chatlar uchun amal qilmaydi, biroq siz Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Xabarlarni avtomatik oʻchirish bo'limidan istalgan chat uchun xabarlarni avtomatik o'chadigan qilib olsangiz bo'ladi.

Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya

Ko'pincha katta Telegram guruhlari adminlari o'z guruhlarida spamga qarshi kurashish uchun uchinchi tomon botlaridan foydalanishadi. Ushbu yangilanish bilan esa botlarga ish qolmaydigan ko'rinadi yoxud endi 200 dan ortiq obunachiga ega guruh adminlari Telegram'ni o'zining algoritmlariga asoslangan, yangi Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya funksiyasini yoqishlari mumkin.

Vaqtinchalik QR-kodlar

Ommaviy yuzerneymga ega bo'lgan foydalanuvchilar allaqachondan beri o'z profillarini ulashish uchun maxsus QR-kod yarata oladilar. Endi ushbu funksiya foydanalanuvchi nomiga ega bo'lmaganlar uchun ham amal qiladi. Faqat bunda QR-kod har besh daqiqada yangilanadi.

Android uchun ilovada xotira haqida batafsil ma'lumotlar

Endi Android uchun Telegram ilovasidagi xotira sozlamalari har bir chat qurilmada qancha joydan foydalanayotganini ko'rsatib turadi.

Yangi maxsus emojilar

Premium obuna foydalanuvchilar uchun ham yangiliklar yo'q emas. Ushbu versiya ham 10 ta yangi emojilar to'plami va yana bir nechta interaktiv emojilarni o'z ichiga oladi.

Ayni damda yangilanish barcha uchun tarqatilmoqda.

O'QING: YouTube 2022 yilning eng zo‘r videolarini e’lon qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.