Endi Telegram’ni o‘rnatmasdan turib ham undagi kanallarni o‘qish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1785
  •  17.05.2019 15:56

Endi Telegram’ni o‘rnatmasdan turib ham undagi kanallarni o‘qish mumkin!

Bundan bir hafta avval Telegram barcha platformalar uchun o‘z ilovalarini yangilagan edi. Endi esa messenjeri uning dasturchilari yangi funksiyani ishga tushirishdi.

O‘QING: Kommunal to‘lovlardagi qarzdorliklar haqida Telegram orqali ma’lumot olamiz!

Yangi funksiya mazkur messenjerni o‘rnatmasdan turib ham Telegram-kanallarni kuzatish imkonini beradi. Buning uchun, masalan, istalgan brauzerda https://t.me/terabaytuz tarzida kanal manzilini tersangiz (yoki shunday havola orqali ochsangiz), kanalning prevyusiga eltuvchi yangi – «Preview chanel» tugmachasini ko‘rasiz:

Shu tugmachani bosib, kanalning veb-prevyusini ochishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram asoschisi Durov: «Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?»

Telegram-kanal veb-prevyusining tashqi ko‘rinishi Twitter interfeysini eslatadi, o‘ng blokda kanal haqidagi ma’lumotlar, chapda esa kanalning postlar tasmasi aks etadi:

E’tibor bergan bo‘lsangiz, kanalning veb-prevyusi manzili https://t.me/s/terabaytuz ko‘rinishida bo‘ladi. Endi istalgan Telegram-kanalni brauzer orqali shu tarzda kuzatishingiz mumkin va buning uchun mazkur messenjerda akkauntingiz bo‘lishi ham shart emas!

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!