Endi Twitter ham TikTok'lashishni boshladi

Endi Twitter ham TikTok'lashishni boshladi

Twitter kompaniyasi o‘zining yangi blog postida ma’lum qilishicha, platformada ulashilgan videolar har yili milliardlab ko‘rishlar soniga ega bo‘ladi. Endilikda kompaniya foydalanuvchilar dunyoda nimalar sodir bo‘layotgani haqidagi videolarni osonroq topishlari va ko‘rishlari uchun videolarga oid ikkita yangi o‘zgartirishlar kiritayotganini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, endi Twitter'dagi videolarni ustiga bosishingiz bilan ular to‘liq ekran holatiga o‘tadi. Istalgan videoni tepaga ko‘tarish bilan siz yana boshqa videolarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Videolardan chiqish uchun esa chap yuqori burchakdagi chiqish tugmasini bosish kifoya. Ushbu yangilangan video pleyer bir necha kunlardan so‘ng Twitter'dan ingliz tilida, iOS'da foydalanuvchilarga yuboriladi.

Shuningdek, Twitter'ning qidiruv bo‘limiga "Siz uchun videolar" karuselini ham qo‘shilmoqda. U yerdan foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqda eng ko‘p ulashilayotgan videolarni topishlari mumkin bo‘ladi. Ayni vaqtda ushbu xususiyat faqat tanlangan mamlakatlarda, ingliz tilidagi Twitter'dan, Android va iOS'da foydalanayotgan uchun mavjud.

To‘liq ekranli videolarning cheksiz lentasi TikTok muvaffaqiyatidan keyin ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar, YouTube (Shorts), Instagram (Reels) platformalarida alohida bo‘limlarda paydo bo‘ldi. Garchi Twitter boshqalar kabi TikTok'ning asosiy xususiyatini butunlay ko‘chirib olmayotgan bo‘lsa ham, videolarga alohida e’tibor qaratilishi va kelajakda ijtimoiy tarmoqning videolar uchun eng yaxshi joyga aylantirilishi matnli xabarlar platformasi uchun katta o‘zgarishdir.

O‘QING: Instagram'ga Story'ga o‘xshash yangi xususiyat qo‘shilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.