Endi Twitter'da "insho yozish" mumkin

Endi Twitter'da

Twitter endi chiqarilgan paytlarda unda tvit qoldirish uchun faqat 140 ta belgidan foydalanish mumkin bo'lgan. Besh yil avval ushbu cheklov 240 belgigacha kengaytirilgan edi, biroq, bu hali ham yetarli emasga o'xshaydi – ijtimoiy tarmoqda bitta tvit uchun belgilar cheklovi yanada ko'paytiriladi.

Ma'lum bo'lishicha, tez orada Twitter'da bitta tvitda 4 mingga yaqin belgilalardan foydalanishingiz mumkin bo'ladi. Ehtimol bu, ijtimoiy tarmoqning Blue nomli pullik obunasi afzalliklaridan biri bo'lishi mumkin, hozircha bunisi biroz qorong'u. Ammo shunisi aniqki, 4000 belgili tvitlar amalga oshadi, chunki bu kompaniya rahbari, Ilon Mask tomonidan tasdiqlangan.

Ta'kidlash joizki, shu paytgacha Twitter foydalanuvchilari bitta kattaroq xabarni ikki yoki uch-to'rt tvitlarga bo'lib ijtimoiy tarmoqqa joylashar edi.

O'QING: Endi Instagram sizga "tenevoy ban"ga tushgan-tushmaganligingiz haqida aytadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!