Endi Windows'da ekranni yozib olish uchun qo'shimcha dastur o'rnatish shart emas

Endi Windows'da ekranni yozib olish uchun qo'shimcha dastur o'rnatish shart emas

Surface taqdimoti davomida Microsoft o'zining Windows 11 operatsion tizimi uchun kelayotgan yangiliklar bilan ulashdi. Ulardan e'tiborlisi Apple xizmatlarining Windows bilan integratsiyalashuvi bo'lgan bo'lsa, yana bir muhim o'zgarish tizimga ekranni yozib olish funksiyasi qo'shilayotgani bo'ldi.

Endi Windows kompyuteringiz ekranini yozib olish uchun qo'shimcha dasturlar yuklab olishingiz shart emas: tizimga ichki o'rnatilgan Snipping Tool skrinshot qilish dasturiga endi skrinvideo qilish xususiyati ham qo'shilmoqda. Ha, albatta, siz ortiqcha dasturlarsiz Xbox Game Bar yordamida ham ekranni yozib olishingiz mumkin, lekin u o'yinlar uchun mo'ljallangan va u hamma narsa bilan ham ishlayvermaydi, yoxud undan foydalanishda cheklovlar mavjud. Snipping Tool'ga qo'shilayotgan funksiya esa sizga kompyuteringiz ekranining istalgan qismini yozib olish imkonini beradi. Yangi funksiya Windows 11 22H2 yangilanishi bilan oktabr oxirida kelishi kutilmoqda.

O'QING: Microsoft Office brendi bilan xayrlashing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!