Endi xuddi Android'lardagidek: yangi iOS versiyasi bilan iPhone'lardagi AoD funksiyasidan orqa fonni olib tashlash mumkin

Endi xuddi Android'lardagidek: yangi iOS versiyasi bilan iPhone'lardagi AoD funksiyasidan orqa fonni olib tashlash mumkin

Apple kompaniyasi iOS operatsion tizimining yangi sinov versiyasi, iOS 16.2 Developer Preview'ni chiqardi va u iPhone 14 Pro/Pro Max egalariga o'z smartfonlarining "har doim yoniq turuvchi ekran" xususiyatini yanada ko'proq boshqarish imkonini beradi. Ma'lum bo'lishicha, iOS 16.2 har doim yoniq turadigan ekrandan orqa fon suratlarini, hamda, bildirishnomalarni olib tashlaydigan tugmani o'z ichiga oladi. Bunda siz AoD displeyida faqat soat va ekran qulfi vidjetlarinigina ko'rasiz.

Foto: 9to5Mac

Aytish kerakki, hozirgi iOS versiyasida har doim yoniq turuvchi ekran faqat fon suratlari bilan birga ishlaydi.

O'QING: Xitoylik texnoblogerlar buklanadigan iPhone yaratishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!