Endi YouTube'ning qo‘shimcha funksiyasi yettita Osiyo davlatida ham mavjud!

Endi YouTube'ning qo‘shimcha funksiyasi yettita Osiyo davlatida ham mavjud!

YouTube o‘z premium xizmatlarini bosqichma-bosqich butun dunyo bo‘ylab taqdim qilishda davom etmoqda. 

YouTube Premium va YouTube Music 2018-yil iyun oyida AQSh va yana 16 ta davlatdagi foydalanuvchilarga taqdim qilingan edi. Joriy yil boshida esa yuqoridagi davlatlar qatoriga Hindiston ham qo‘shildi. Endilikda esa bu ikki xizmat yana yettita Osiyo davlatida mavjud bo‘ladi. Bu haqida Android Authority xabar bermoqda.

YouTube'ning yangilangan qo‘llab-quvvatlash sahifasida yettita davlat paydo bo‘ldi. Ular quyidagilardan iborat:

•Gongkong

•Indoneziya

•Malayziya

•Filippin

•Singapur

•Tayvan

•Tailand

Bu davlatlarda yashovchi foydalanuvchilar endi ushbu xizmatlardan foydalanishlari mumkin. YouTube Premium xizmati obunachilari platformadan reklamalarsiz foydalanishlari hamda oflayn tomosha qilish uchun videolarni yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. YouTube Music Premium esa reklamalarsiz musiqa-striming xizmati hisoblanadi. 

O‘QING: YouTube’dagi eng ko‘p «dislayk» olgan videolar TOP-o‘ntaligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.