Endigina Huawei'dan ajralib chiqqan Honor kompaniyasiga AQSh xavfsizlik agentlari taqiq qo‘ymoqchi 

Endigina Huawei'dan ajralib chiqqan Honor kompaniyasiga AQSh xavfsizlik agentlari taqiq qo‘ymoqchi 

“The Washington Post “ nashrining xabar berishicha, AQSh xavfsizlik agentlari Huawei kompaniyasining sobiq Honor brendini qora ro‘yxatga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida bahslashmoqda. 
 
 
Pentagon va Energetika boshqarmasi xodimlari yangi kompaniyani qora ro‘yhatga kirilishini talab qilishmoqda, biroq savdo va davlat departmenti bunga qarshi. 
Rasmiylar Honor AQSh milliy havfsizligiga raxna solishini aytishmoqda, ammo ular hozircha bir to‘xtamga kela olishmayapti. Ayrimlar esa kompaniya Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligi uchun Honor'ga taqiq qo‘yilishi kerakliligini ta’kidlashmoqda. 
 
“The Washington Post “ nashri Honor brendi hozirda Zhixin New Information Technology kompaniyasiga tegishli ekanligini eslatib o‘tdi. 
 
Qarama-qarshi tomon esa Honor kompaniyasi yadro materiallar yoki komponentlarini ishlab chiqarmasligini va uning qurilmalari AQShda sotilmasligini da’vo qilmoqda, shuning uchun brendning Amerika kompaniyalari bilan savdo qilishini taqiqlash foyda keltirmasligi va bu AQSh iqtisodiyotiga Xitoydan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishini aytib o‘tdi. 
 
Ayrim ekspertlar Honor kompaniyasini josuslikda ayblab, unga taqiqlar qo‘yilishi kerakliligini ta’kidlashyotgan bo‘lsa, ayrimlar Honor yashirincha Huawei'ga chip va komponentlarini yetkazib berayotgani haqida hech qanday dalil yo‘qligi sababli, unga sanksiyalar qo‘llashga asos yo‘qligini bildirishmoqda. Honor esa bu haqida hech qanday rasmiy bayonot bermadi. 
 
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!