Endilikda Xiaomi Mi 9T va 9T Pro'lar ham ARCore'ni qo‘llab-quvvatlaydi

Endilikda Xiaomi Mi 9T va 9T Pro'lar ham ARCore'ni qo‘llab-quvvatlaydi

ARCore' bilan notanish bo‘lganlar uchun shuni aytib o‘tish kerakki, ARCore Android qurilmalarda to‘ldirilgan reallik (AR) amaliyotini yaratish imkonini beruvchi Google platformasi bo‘lib, aslida, Apple'ning ARKit'iga raqib sifatida ishga tushirilgan.

ARCore qiziqarli platforma bo‘lib, smartfon kamerasidan foydalanib, qayerda turganingizni kuzatish imkonini beradi. Buning uchun turli nuqtalar, harakatlanayotgan burchaklar o‘lchanib, smartfon pozitsiyasi yoki yo‘nalishi, tekis yuzalar aniqlanib, hududning qanchalik darajada yorug‘ ekanligi taxmin qilinadi. Qisqa qilib aytganda, ko‘pgina o‘lchamlar birlashtirilib, bir qadar takomillashgan to‘ldirilgan reallik amaliyoti taqdim qilinadi.

Bugungi kunga kelib, ARCore ko‘plab smartfonlarda ishlaydi. Bu funksiya mavjud qurilmalar soni borasida esa Xiaomi smartfonlari yetakchilik qiladi. Bu ro‘yxatdan endi o‘rtacha darajadagi premium toifa smartfonlar: Xiaomi Mi 9T Pro va Mi 9T'lar ham o‘rin oldi.

Shubhasiz, bu qurilma foydalanuvchilari uchun yaxshi yangilikdir. Bu ikki smartfon bor ekan, Google'ning virtual reallik platformasiga kirish uchun boshqa bir qimmat qurilma sotib olishga hojat yo‘q.
Agar sizning smartfoningizda ham ARCore qo‘llab-quvvatlanishi yoki quvvatlanmasligini bilmoqchi bo‘lsangiz, ARCore'ga mos keluvchi qurilmalarning rasmiy ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 9T Pro taqdimot arafasida Geekbench’da imtihon topshirdi: Black Shark 2 Pro’dan qolishmaydi!