Enermax Steelwing – alyuminiy korpusli zamonaviy keys (Video)

Enermax Steelwing – alyuminiy korpusli zamonaviy keys (Video)

Enermax kompaniyasi to‘liq alyuminiydan ishlangan, modern yo‘nalishidagi dizayngga ega Steelwing nomli kompyuter keysini namoyish etdi. Keys ixcham micro-ATX form-faktorida yaratilgan bo‘lib, ikki yon tomoniga 3 mm qalinlikdagi shaffof materialdan ishlangan oyna o‘rnatilgan.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, bejirim kompyuter keysi zamonaviy ichki interer dizayniga ham mos tushadi. Keysning old qismiga svetodiodli fonga ega ventilyator joylashtirilgan. Korpus 3,5 millimetrli yuqori sifatli alyuminiydan tayyorlangan. Keys panellarining yuzasi anodlanib, maxsus qorishma bilan ishlov berilgani bois korpus korroziyaga chidamli.

Enermax Steelwing boshqa po‘latdan ishlangan analog keyslarga qaraganda issiqlikni 3 marta samaraliroq taqsimlaydi. Qanotsimon shaklda ishlangan yarim ochiq keysning old qismi optimal havo aylanishini ta’minlaydi.

Keysda barcha port va moslamalar uchun maxsus joylar ko‘zda tutilgan. Hozircha yangi mahsulotning narxi e’lon qilinmagan.