Eng antiqa anboksing: Suv tubida Galaxy S20 FE qadog‘ini ochib, o‘zini ishlatib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1362
  •  28.09.2020 09:43

Eng antiqa anboksing: Suv tubida Galaxy S20 FE qadog‘ini ochib, o‘zini ishlatib ko‘rsatishdi!

Samsung yaqinda o‘zining Galaxy S20 FE (ya’ni – Galaxy S20 Fan Edition) rusumli hamyonbop flagmanini namoyish etgan. Biz esa ungacha mazkur qurilma ishlatib, asosiy funksiyalari namoyish etilgan «jonli» videoni ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

Ushbu «yengillashtirilgan» flagman ko‘plab uyali aloqa operatorlari ham sotiladi. Shulardan biri – T-Mobile kompaniyasi mijozlarni Galaxy S20 FE’ga yanada qiziqtirish uchun antiqa ishga qo‘l urdi. Operator tarixdagi eng g‘alati anboksing videosini chiqardi – unda Samsung smartfonining qadog‘ini ochish, o‘zini sinab ko‘rish ishlarining barchasi suv ostida bajarilgan!

Rolikda boshlovchi vazifasini T-Mobile kompaniyasining kreativ kontent bo‘yicha direktori Desmond Smit (Desmond Smith) bajargan. U suv tagida qurilmaning qadog‘ini ochib, smartfonni yoqib, ayrim o‘yinlarni o‘ynab ko‘rsatgan. O‘z harakatlarini izohlab gapirgan bo‘lsa-da, anglash qiyin, shuning uchun videorolikni subtitrlar bilan taqdim etishgan:

Mazkur lavhadan ma’lum bo‘lyaptiki, Galaxy S20 FE nafaqat samaradorlik bo‘yicha yaxshi, balki uning suvdan himoyasi ham mustahkam ekan. To‘g‘ri, maxsus effektlardan ham foydalanishgan – masalan, o‘yin uchun Samsung MOGA PowerA XP5-X kontrollerini qo‘llashda. Gap shundaki, bu gadjet suv ostida ishlay olmaydi, shu boisdan o‘yin jarayonini «quruq sharoitlarda» yozib olib, keyin suv tubida shunchaki uning videosini qo‘yib ko‘rsatishgan.

O‘QING: Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!