Eng antiqa – bittayam klavishi bo‘lmagan tugmachali telefon 19 dollardan sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  2059
  •  30.01.2021 12:35

Eng antiqa – bittayam klavishi bo‘lmagan tugmachali telefon 19 dollardan sotilyapti!

Sensor ekranli smartfonlar ommalashib ketganiga ancha bo‘ldi, lekin an’anaviy – tugmachali telefonlar haliyam keng iste’molda. Yangi chiqqan D.Phone F2 modeli ham ular sirasiga kirsa-da, moddiy tugmachasi yo‘qligi bilan barchasidan ajralib turadi.

O‘QING: Tugmachali telefonlar bozori: Nokia ikkinchi o‘rinda, unda yetakchi kim?

Bu telefonda bittagina – qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachasi bor, u korpusning tepa qirrasida joylashgan. Yon qirralarida, old va orqa tomonlarida esa birortayam tugmacha yo‘q – hattoki smartfonlarda ham mavjud bo‘lgan ovozni sozlash tugmachasiniyam unda topa olmaysiz!

G‘alatimi? Bir qarashda shunaqa, lekin D.Phone F2 siri oddiy – uning klaviaturasi sensorli, ekrani esa – tugmachali telefonlardagi singari oddiy. Unda diagonaliga 2.31 dyuymlik TFT-displey qo‘llangan bo‘lib, aniqligi 240x320 pikselga teng.

D.Phone F2 modeli rus tilini ham qo‘llab-quvvatlaydi, Bluetooth hamda 2G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera umuman yo‘q, lekin kalkulyator, budilnik, kalendar, diktofon, audiopleyer hamda ikkita SIM-karta va xotira kartasi uchun gibrid slot mavjud.

O‘QING: Nokia ikkita afsonaviy telefonini 4G-versiyada taqdim etdi (+videolar)

Antiqa telefon akkumulyatorining tok sig‘imi 900 mA/soatni tashkil etadi. Unda eng asosiy – qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabar yozish, shuningdek tugmachali telefonlarga xos bo‘lgan boshqa ayrim funksiyalar bor, shuning o‘zi kifoya.

Dizayniga ko‘ra D.Phone F2 ancha jozibador: yupqa va ixcham (136x58,5x6,7 mm), korpusining old va orqa panellari chekkalari qayrilgan. Uni uch xil – oq, qora va qizil ranglardagi korpuslarda sotuvga chiqarishgan.

AliExpress onlayn savdo maydonchasida D.Phone F2 telefonini atigi 18,89 AQSh dollaridan boshlanuvchi narxlarda sotishmoqda. Uning barcha xususiyatlari hamda rasmlari bilan tanishish, buyurtma berish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: AliExpress asoschisi topildi: Jek Ma uch oy davomida qayerda edi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!