Eng antiqa smartfon – LG Wing taqdim etildi: narx va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  6926
  •  15.09.2020 10:07

Eng antiqa smartfon – LG Wing taqdim etildi: narx va xususiyatlari

Eng antiqa smartfonLG Wing taqdim etildi: narx va xususiyatlari

Biz avvalroq eng original form-faktorga ega – aylanma ekranli LG Wing smartfonining ilk «jonli» videosini chiqargan edik. LG Electronics kompaniyasi shu qurilmasini rasman namoyish qildi.

O‘QING: Korpus rangi o‘zgaruvchi ilk smartfonni «jonli» videoda ko‘ramiz!

LG Wing qurilmasining diagonaliga 6,8 dyuymlik P-OLED ekrani soat mili yo‘nalishida aylanib, gorizontal rejimga o‘tadi. Shunda uning ortida ikkinchi – diagonaliga 3,9 dyuymlik qo‘shimcha G-OLED displey ochiladi. Asosiy displeyning tasvir aniqligi 2460x1080 piksellik bo‘lsa, ort ekranda bu ko‘rstkich 1240x1080 pikselga teng.

Qo‘shimcha ekran turli maqsadlarda qo‘llanadi: asosiy displeyda video yoki boshqa kontent tomosha qilayotganda uni boshqarish, ekran klaviaturasida matn terish, chatlarda muloqot qilish, qo‘ng‘iroqlarni boshqarish va hokazo.

Foydalanuvchi o‘z istagiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida ikkita ekranda ochiluvchi ilovalar juftligini ochiladign qilib qo‘yishi mumkin.

LG Wing smartfoni Qualcomm Snapdragon 765G protsessori bazasida ishlaydi. Uning bosh kamerasi 64 + 12 + 13 megapiksellik uchta datchikni o‘z ichiga oladi. Selfi uchun esa korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi mexanizmga 32 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan.

Smartfon yana ekranosti daktiloskopik datchigi, 8 gigabaytlik tezkor hamda 128 yoki 256 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlangan. 4000 mA/soatlik akkumulyatori Qi texnologiyasi asosida simsiz quvvatlana oladi.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

LG Wing modeli 5G, Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/ac), Bluetooth 5.1 va NFC modullari, shuningdek, USB Type-C porti bilan jihozlangan. Korpusi IP54 standartiga ko‘ra suv v changdan muhofaza etilgan. O‘lchami 169,5x74,5x10,9 millimetrga, vazni esa 260 grammga teng.

Kompaniya bu antiqa smartfonini dastlab oktyabr oyida o‘z vatani – Janubiy Koreyada sotuvga chiqaradi. LG Wing keyinroq – noyabrda Yevropa hamda AQSh bozoriga ham yetkazib beriladi. Yevropada uning narxi 1100 yevroga teng bo‘ladi.

O‘QING: Aylanma uchtalik kamerali Zenfone 7 hamda Zenfone 7 Pro flagmanlari chiqdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!