Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

  •   DiMaX
  •  3592
  •  02.05.2020 18:40

Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Yaqin kunlargacha eng arzon 5G-smartfon – Redmi K30 bo‘lib, Xiaomi uni o‘tgan yilning dekabrida taqdim etgan. Biroq Redmi brendining jiddiy raqibi – Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi undan ham zo‘rini yanada arzon narxda savdoga qo‘ygan.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Tabiiyki, bu hol «Xitoycha Apple»ga yoqmagan va u o‘z yurtida beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Redmi K30 smartfonining narxini pasaytirdi. Uning tezkor/ichki xotirasi 6/128 gigabaytlik varianti Xitoyda avval 335 dollardan sotilayotgan bo‘lsa, uni endi 280 dollarga olish mumkin!

Aytib o‘tish kerakki, mazkur haftada uning asosiy raqibi – Realme X50m 5G modelining 6/128 gigabaytligi ham ayni shu narxda sotuvga chiqqan. Lekin Redmi K30 modeliga nisbatan uning boshqa ustunliklari ham bor.

Redmi K30 smartfonining 5G tarmoqlarida ishlay olmaydigan 4G-versiyasi ham mavjud va kompaniya uni avvalroq arzonlashtirgan edi. Shuningdek, Xiaomi ham qarab turgani yo‘q – Redmi K30i rusumli yana ham arzon 5G-smartfonni tayyorlayapti.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!