Eng arzon 5G smartfon taqdim qilindi!

Eng arzon 5G smartfon taqdim qilindi!

Kutilganidek, kecha Xitoyda yangi iQOO Pro 5G smartfoni taqdim qilindi. Namoyishga qadar ham ushbu smartfon 5G qo‘llab quvvatlovchilar ichida eng tezkori bo‘lishi aytilayotgandi. Endi esa ushbu gap so‘zlar ortig‘i bilan o‘zini oqladi deyish mumkin. Smartfon 640 dollar narxda sotuvga chiqarilishi taxmin qilingandi, amalda esa taxmin qilinganidan 100 dollar arzonroq bo‘lib chiqdi.

Snapdragon 855 Plus, 5G, 48-мегапиксельная камера и аккумулятор емкостью 4500 мА·ч за $535: представлен vivo iQOO Pro 5G — самый доступный флагман с 5G

iQOO Pro 5G modelining 8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega bazaviy talqini 535 dollardan baholangan. Qolgan konfiguratsiyalar birmuncha qimmatroq: 8/256 GB – 565 dollar, 12/128 GB – 580 dollar. 5G modemli va Snapdragon 855 protsessorli boshqa ko‘plab modellar bundan qimmatroq.

Snapdragon 855 Plus, 5G, 48-мегапиксельная камера и аккумулятор емкостью 4500 мА·ч за $535: представлен vivo iQOO Pro 5G — самый доступный флагман с 5G

Shu bilan birga modelning boshqa parametrlari ham havas qilsa arzigulik. Smartfon tomchisimon kemtik va barmoq izi daktiloskopli, Full HD+ aniqligidagi 6,41 dyumli AMOLED ekranga ega bo‘lgan. Asosiy kamera uchtalik – 48, 13 va 2 MP. Selfi-kamera 12 MPlik. Akkumulyator sig‘imi 4500 mA/soatni tashkil qilgan. Uni 17 daqiqada 50 foizga, 50 daqiqada esa 100 foizga to‘ldirish mumkin.

Snapdragon 855 Plus, 5G, 48-мегапиксельная камера и аккумулятор емкостью 4500 мА·ч за $535: представлен vivo iQOO Pro 5G — самый доступный флагман с 5G

Shuningdek, suyuq sovutish tizimi, standart audiotirqish, NFC va USB-C ham konfiguratsiya tarkibiga kirgan.

Ishlab chiqaruvchi 5G signalining sifatiga katta e’tibor qaratgan, shuning uchun smartfonga to‘rtta emas, naq oltita antenna o‘rnatilgan. Qolaversa bu faqat 5G uchun, aslida smartfonda umumiy 12 ta antenna mavjud.

Tarmoqda allaqachon iQOO Pro 5G’ning testlarda to‘rlagan ilk ballari e’lon qilingan. Avvalroq, smartfon AnTuTu'da rekord o‘rnatgani haqida yozgandik. Natija esa avval aytilganidek bo‘lib chiqmadi. Qurilma AnTuTu benchmarkida 485 000 ball, Geekbench’da esa bir yaderli testda 3500 ball, ko‘p yaderli testda esa deyarli 11 000 ballni qo‘lga qiritgan. 

Snapdragon 855 Plus, 5G, 48-мегапиксельная камера и аккумулятор емкостью 4500 мА·ч за $535: представлен vivo iQOO Pro 5G — самый доступный флагман с 5G

iQOO Pro 5G uchun oldindan buyurtma qilish 23 avgustdan boshlanadi, do‘kon peshtaxtalaridan esa 2 sentyabrda joy oladi.

Snapdragon 855 Plus, 5G, 48-мегапиксельная камера и аккумулятор емкостью 4500 мА·ч за $535: представлен vivo iQOO Pro 5G — самый доступный флагман с 5G

Muhimi, smartfonning 5G’siz oddiy talqini ham mavjud. Ushbu modelning narxi arzonroq: 8/128 GB – 450$, 12/128 GB – 495$.

O‘QING: TOP-10: Eng tezkor, ravon va qulay interfeysli smartfonlar (Master Lu, 2019 yil avgust)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!