Eng arzon iPad 8 chiqdi: kuchli protsessor, USB-C porti...

  •   DiMaX
  •  1198
  •  16.09.2020 13:52

Eng arzon iPad 8 chiqdi: kuchli protsessor, USB-C porti...

Kupertinolik korporatsiya 15 sentyabrdagi taqdimotida Apple Watch Series 6 smart-soatini taqdim etgani haqida yozgandik. Mazkur tadbirda jamoatchilikka ko‘rsatilgan mahsulotlardan yana biri sakkizinchi avlod plansheti bo‘ldi.

O‘QING: Apple’dan ham avval «xitoycha iPhone 12 Pro»ni taqdim etishyapti!

Apple iPad 8 rusumli yangi qurilmadagi asosiy o‘zgarish – Apple A12 protsessoridir. O‘tgan yilgi iPad Air hamda iPad mini modellarida qo‘llangan ushbu chipset, ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, oldingi avlod protsessoridan 40 foizga kuchliroq CPU hamda naq ikki karra qudratli GPU’ga ega.

Yangi planshetni biryo‘la yangi – iPad OS 14 operatsion tizimi bilan chiqarishgan. Unda diagonaliga 10,2 dyuymlik Retina displey hamda an’anaviy dizaynni qo‘llashgan: ekran atrofida enli romlar, Touch ID skanerli «Uyga» tugmachasi. Yangi joriy etilganlaridan biri – korpusidagi USB-C portidir.

Shuningdek, iPad 8 plansheti Apple Pencil stilusini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Uning old kamerasiga FaceTime HD texnologiyasi joriy etilgan, orqa kamerasi esa 8 megapiksellik. Apple’ning aytishicha, devaysning avtonomligi 10 soatga boradi.

Kompaniya uni doimiy xotirasi 32 va 128 gigabaytlik variantlarda taklif etadi. Uning uchun oldindan buyurtma olish allaqachon boshlangan, ochiq savdoga esa iPad 8 juma kuni – 18 sentyabrda chiqadi. Boshlang‘ich variantda uni 329 dollarga baholashgan, LTE-versiyasining narxi esa 459 dollardan boshlanadi. Xohlovchilar Smart Keyboard klaviaturasini alohida, 159 dollarga sotib olishlari mumkin.

O‘QING: Android’da avvaldan bo‘lgan YouTube funksiyasi, nihoyat, iPhone va iPad’larga ham yetib keldi! (+video)