Eng arzon iPhone 13 smartfoni Galaxy kamerafonidan ustun keldi: DxOMark reytingi

Eng arzon iPhone 13 smartfoni Galaxy kamerafonidan ustun keldi: DxOMark reytingi

iPhone 13 Pro bilan birga DxOMark iPhone 13 mini smartfonning kamerasini ham sinovdan o‘tkazdi. Ma’lumki, iPhone 13 mini'ning kameralari iPhone 13'niki bilan bir xil, demak natija ham bir xil bo‘lishi kerak.

O‘QING: DxOMark reytingida arzon Redmi smartfoni kuchli beshlikka kirdi!

Qurilma kamera testidan 130 ballni qo‘lga kiritdi. Bu iPhone 12 Pro Max qayd etgan natija bilan teng bo‘lib, smartfon umumiy reytingda o‘n birinchi pog‘onani egalladi. Buni kutilmagan natija desak mubog‘ala bo‘lmaydi, chunki iPhone 13 mini'da telefoto kamerasi mavjud emas. Shuningdek, uning asosiy kamerasi iPhone 12 Pro Max'dan olingan.

Surat sifati bo‘yicha smartfon 138 ball yig‘gan, bu 12 Pro Max qayd etgan natija bilan teng. Zum imkoniyatlari bo‘yicha iPhone 13 mini qurilmasi 55 ballni qo‘lga kiritdi. Bu iPhone 12 Pro Max qayd etgan natijadan biroz pastroq, oldingi avlod smartfoni 68 ball to‘play olgandi. Biroq yangi iPhone videoga olishda yaxshiroq natija qayd etib, 117 ballni qo‘lga kiritgan. iPhone 12 Pro Max esa 113 ballni qayd etgan edi.

Kamera testida 130 ballni qo‘lga kiritgan iPhone 13 mini, 122 ballga ega bo‘lgan iPhone 12 hamda iPhone 12 mini, shuningdek, 123 ballni qayd etgan Galaxy S21 Ultra'dan ustun keldi.

O‘QING: DxOMark biryo‘la ikkita yo‘nalishda rekord o‘rnatgan yangi «kamerofonlar qiroli»ni e’lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!