Eng arzon Redmi smartfoni – endi atigi 70 dollardan!

  •   DiMaX
  •  5107
  •  25.02.2020 13:41

Eng arzon Redmi smartfoni – endi atigi 70 dollardan!

O‘tgan yilning yakunida dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar TOP-o‘ntaligi e’lon qilingan edi. Unda ro‘yxatning to‘qqizinchi pog‘onasidan Redmi 7A smartfoni joy olgan.

O‘QING: Dunyo smartfon bozorida yetakchi kim o‘zi? (2 ta reyting)

Xiaomi korporatsiyasi mazkur modelini o‘tgan yilning may oyida taqdim etgan, keyinroq esa global bozorga ham chiqargan edi. Biroq o‘shanda Yevropada uning uchun 100 yevro miqdorida narx belgilangan. Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, Xitoyning o‘zida Redmi 7A dastlab 80 dollar (taxminan 72 yevro) evaziga sotilgan.

Mydrivers nashrining yozishicha, Redmi 7A o‘z vatanida yanada arzonlashtirilgan – «Osmon osti saltanati»da uni hozirda 70 dollarga teng narxda olish mumkin.

Redmi 7A texnik xususiyatlari uning narxiga qaraganda ancha yaxshi: 5,45 dyuymlik HD-ekranning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Displeyga ko‘zni asrash rejimi qo‘shilgan va chatnashlardan himoyalovchi qatlami ham bor. Smartfon Snapdragon 439 protsessori bazasiga qurilgan, 4000 mA/soatlik akkumulyatori 10 vattlik texnologiya asosida quvvat oladi. Uning bosh va old kameralari yakka modulli bo‘lib, tegishlicha 13 hamda 8 megapiksellik sensorlardan iborat.

O‘QING: Redmi rahbari: «K30 Pro kambag‘albop smartfon bo‘lmaydi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!