Eng arzon romsiz Meizu M6T rasman namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  1757
  •  30.05.2018 10:59

Eng arzon romsiz Meizu M6T rasman namoyish qilindi

Kutilganidek, Xitoyning Meizu kompaniyasi kuni kecha o‘zining arzon Meizu M6T smartfonini namoyish etdi. U juda bejirim va hozirda yoshlar orasida juda urf bo‘lgan romsiz ikkita asosiy kamerali qurilma.

Smartfon 5,7 dyuymli  HD+ (720 x 1440 pikselli) formatdagi displeyga ega. Shuningdek, barmoq izlari skaneri, qo‘sh kamerasi 13+2 Mp va oldkamerasi  8 Mp’dan iborat bo‘ladi. Takt chastotasi 1,5 GGs li sakkizyadroli MediaTek MT6750 protsessori apparatning “yuragi” hisoblanadi. Tezkor xotirasi 3 yoki 4 GB hamda ichki xotirasi 32 yoki 64 GB. Unga flesh-xotirasi hajmi 128 GB’li microSD formatdagi karta ham o‘rnatilgan  

O‘QING: Meizu M8C smartfonini taqdim etdi

Qurilmaning akkumulyatori 3300 mAch sig‘imiga ega. Ikkita SIM-karta, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 a/b/g/n), Bluetooth 4.1, GPS+GLONASS bilan qo‘llab-quvvatlangan. Smartfon Flyme OS 6.2 qobiqli Android 7.0 Nougat’da ishlaydi.

Meizu M6T do‘konlarga qora, qizil hamda tillarangda chiqarilishi kutilmoqda. Uning 3+32 GB’lisiga 124 dollar,  4+32 GB’lisiga 155 dollar hamda  4+64 GB’lisiga  171 dollarlik narx belgilangan. Erta-indin, aniqrog‘i iyun oyidan boshlab  savdoga chiqariladi, deyishmoqda kompaniya vakillari.

O‘QING: Meizu M6 Note: Yurtimizda yaxshi sotilayotgan ilg‘or hamyonbop smartfon!