Eng arzon Samsung Galaxy J smartfonlari – plastik karta orqali kreditga!

  •   DiMaX
  •  16946
  •  19.06.2017 16:30

Eng arzon Samsung Galaxy J smartfonlari – plastik karta orqali kreditga!

Samsung smartfonlariga qiziqasiz-u, lekin narxi o‘ylantiryaptimi? Balki, pulingiz bank plastik kartangizda bo‘lsa, shu bois ikkilanayotgandirsiz?

Biz esa sizga ikkilanmasdan olg‘a bosishni tavsiya etamiz va Samsung’ning hamyonbop Galaxy J turkumi smartfonlarini qulay shartlarda xarid qilishni taklif qilamiz! Chunki «Terabayt.Uz» sayti hamkorlaridan biri ushbu ommabop smartfonlarni plastik karta orqali to‘lov yo‘li bilan kreditga sotishni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur xaridning bir qulay tomoni – bunda boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirishning ham keragi yo‘q!

Siz o‘z imkoniyatingiz va xohishingizdan kelib chiqqan holda, telefon uchun birato‘la to‘liq to‘lovni amalga oshirishingiz yoki 8 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatda har oyda ma’lum qismini – bo‘lib-bo‘lib to‘lab borishingiz mumkin. Barcha smartfonlar yangi va original bo‘lib, tegishlicha kafolatga ega.

Samsung Galaxy J turkumi modellarining kredit bo‘yicha narxlari quyidagicha:

Smartfon modeli Birato‘la to‘lansa 12 oyda bo‘lib to‘lansa 11 oyda bo‘lib to‘lansa 10 oyda bo‘lib to‘lansa 9 oyda bo‘lib to‘lansa
1 Galaxy J1 Ace Duos 920 000 so‘m 106 000 so‘m 115 000 so‘m 125 000 so‘m 137 000 so‘m
2 Galaxy J1 (2016) 1 040 000 so‘m 120 000 so‘m 130 000 so‘m 140 000 so‘m 155 000 so‘m
3 Galaxy J2 1 083 000 so‘m 125 000 so‘m 135 000 so‘m 146 000 so‘m 160 000 so‘m
4 Galaxy J3 (2016) 1 215 000 so‘m 140 000 so‘m 151 000 so‘m 164 000 so‘m 180 000 so‘m
5 Galaxy J5 (2016) 1 640 000 so‘m 187 000 so‘m 202 000 so‘m 219 000 so‘m 240 000 so‘m
6 Galaxy J5 Prime 1 695 000 so‘m 193 000 so‘m 208 000 so‘m 226 000 so‘m 248 000 so‘m
7 Galaxy J7 (2016) 2 045 000 so‘m 233 000 so‘m 251 000 so‘m 272 000 so‘m 299 000 so‘m

E’tibor bering: agarda smartfonni plastik karta orqali birato‘la xarid qiladigan bo‘lsangiz, hech qanaqa hujjat shart bo‘lmaydi. Smartfonni kredit bo‘yicha – bir necha oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan sotib olish uchun esa quyidagilar talab etiladi:

  1. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi;
  2. O‘z nomiga ochilgan, ish haqi tushiriladigan bank plastik kartasi;
  3. Ish joyidan 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  4. Kafil shaxs (uning uchun ham xuddi shu hujjatlar taqdim etilishi lozim).

Plastik kartadan to‘lash orqali kredit asosida smartfon sotib olish uchun Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimizga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!