Eng arzon Samsung smartfonlari – Galaxy M10 va M20 sotuvga chiqdi, narxlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  15876
  •  05.02.2019 12:33

Eng arzon Samsung smartfonlari – Galaxy M10 va M20 sotuvga chiqdi, narxlari bilan tanishing!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘tgan oyning oxirida yangi turkumdagi ilk ikkita smartfoni – Galaxy M10 hamda Galaxy M20 modellarini namoyish etgandi. Samsung ushbu seriyani aynan xitoylik arzonchi smartfonsozlar bilan raqobatlashish uchun joriy etgan.

O‘QING: Samsung endi Xiaomi bilan bellasha oladi: Galaxy M smartfonlari kutilganidan ham arzon ekan!

Xabaringiz borki, Samsung ushbu modellarining taqdimot marosimini Hindistonda o‘tkazgan edi. O‘shanda aytilganidek, Galaxy M10 va Galaxy M20 smartfonlari hozircha shu mamlakatdagina savdoga chiqarilgan.

Asosan yoshlarga mo‘ljallangan bu smartfonlar Infinity-V displeyli birinchi modellardir. Ularning narxlari esa quyidagicha:

Galaxy M10 modeli, 2/16 GB xotirali – 111 dollar;

Galaxy M10 modeli, 3/32 GB xotirali – 125 dollar;

Galaxy M20 modeli, 3/32 GB xotirali – 153 dollar;

Galaxy M20 modeli, 4/64 GB xotirali – 180 dollar.

Hindistonda uyali aloqa operatorlari ushbu smartfonlarga maxsus narxlardagi internet-trafikni o‘z ichiga oluvchi tarif rejalarini ham qo‘shib taklif etishmoqda.

Global bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!