Redmi eng arzon uchta smartfonini global bozorga taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  4840
  •  16.07.2020 10:33

Redmi eng arzon uchta smartfonini global bozorga taqdim etdi

Va’da qilganidek, kecha – 15 iyul kuni Xiaomi yirik onlayn namoyishini o‘tkazdi. Unda asosan oldin Xitoyda (yoki boshqa Osiyo mamlakatlarida) taqdim etilgan ayrim mahsulotlarning Yevropa (umuman dunyo) bozoriga chiqish anonslari berildi.

O‘QING: Xiaomi yana ikkita smartfoniga global MIUI 12 asosli barqaror proshivka tarqata boshladi

Ulardan eng e’tiborlilari – arzon Redmi 9, Redmi 9C hamda Redmi 9A smartfonlarining global taqdimotidir. Mazkur modellardan har birining xususiyatlari haqida bir necha bora batafsil yozganmiz – nomlariga o‘rnatilgan havolalar orqali o‘tib, ular bilan tanishish mumkin. Shuning uchun quyida bu gadjetlarning faqat asosiy xususiyatlarini jadvalda taqqoslab keltirmoqdamiz:

Eslatib o‘tamiz, Redmi 9 va Redmi 9C modellarida NFC moduli ko‘zda tutilgan, lekin uning bo‘lish-bo‘lmasligi konkret mamlakat bozori bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Redmi 9 modeli 18 vattlik tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlasa-da, uning qadog‘iga ham, narigi ikki smartfondagi singari, 10 vattlik quvvatlagich solingan.

O‘QING: Redmi K30 Ultra ham tayyor: Xiaomi prezidenti uni o‘g‘rincha suratga olib ko‘rsatdi!

Eng qizig‘i – narxlariga kelsak, Redmi 9 uchun xotira konfiguratsiyasiga qarab 149 va 169 yevro narx belgilangan. Redmi 9C modeli 119 yoki 139 yevroga, Redmi 9A smartfoni bo‘lsa 99 yevroga baholangan.

Xiaomi press-relizda ularning qachondan sotila boshlashi haqida hech nima deyilmagan, lekin Redmi 9 allaqachon ayrim Yevropa mamlakatlarida sotilmoqda. Redmi 9A modelining savdosi 30 iyuldan boshlanishi aytilmoqda, Redmi 9C esa negadir hatto Xiaomi global saytiga chiqarilmagan ham.

Mabodo kerak bo‘lib qolsa, Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.