Eng arzon va «beli baquvvat» Galaxy M01 allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  739
  •  30.05.2020 11:27

Eng arzon va «beli baquvvat» Galaxy M01 allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Samsung avvalroq Galaxy M01 modelini Geekbench servisida tekshirib ko‘rgan edi. Bozorga uni o‘ta arzon Realme C3 (Narzo 10A) hamda Redmi 8A smartfonlarining kushandasi sifatida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon smartfoni – Galaxy M01 xususiyatlari sizga ham yoqadi!

Kompaniya endi Galaxy M01 smartfonining o‘zining Rossiyadagi rasmiy saytiga ham chiqardi! Hindistonda 2 iyunda namoyish qilinadigan ushbu modelning narxi rasman ma’lum bo‘lmasa-da, insayderlar uning 130 dollardan kam baholanishini aytishgan.

Samsung ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy M01 diagonaliga 5,7 dyuymlik TFT-ekranga ega; uning tasvir aniqligi esa HD+ formatida (720x1560 piksellik). Smartfon sakkiz yadroli protsessor (Snapdragon 439 bo‘lsa kerak) bazasida ishlaydi, tezkor/ichki xotirasi esa 3/32 gigabaytlik.

 Galaxy M01 bosh kamerasi 13 va 2 megapiksellik, selfi-kamerasi esa 5 megapiksellik datchiklardan iborat. Akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatlik bo‘lib, ekran o‘lchami va boshqa xususiyatlarini inobatga olsak, uning quvvati ancha vaqtga yetadi.

Samsung bu smartfoniga barmoq izi skaneri o‘rnatmagan, NFC haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Korpusining o‘lchami 147,5x70,9x9,8 millimetrga, vazni esa 168 grammga teng.

O‘QING: Samsung hatto Galaxy M01’dan ham arzon yana bitta smartfon tayyorladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!