Eng arzon yangi Redmi’larga barqaror global MIUI 11 muddatidan avval kelyapti!

  •   DiMaX
  •  2947
  •  09.11.2019 14:25

Eng arzon yangi Redmi’larga barqaror global MIUI 11 muddatidan avval kelyapti!

Xiaomi korporatsiyasi arzon mahsulotlarini alohida brend tarzida ajratganidan so‘ng, shu Redmi brendi ostida kir yuvish mashinasi, poverbank, quloqchin hamda noutbuk singari boshqa tur mahsulotlar ham namoyish qilgan. Uning yangi avlod smartfonlari orasida esa Redmi 8 hamda Redmi 8A eng arzonlaridir.

O‘QING: Taqdimotlar to‘lqini: Xiaomi birdaniga naq 20 ta mahsulot namoyish etdi!

Rejaga ko‘ra, ushbu hamyonbop qurilmalar 13 noyabrdan MIUI 11 grafik qobig‘i asosidagi global barqaror proshivkaga yangilana boshlashi kerak edi. Lekin hindistondagi Redmi 8 va Redmi 8A foydalanuvchilarining xabar berishlaricha, ularga padeyt allaqachon kela boshlabdi!

Ushbu yangi apdeytning versiya raqami MIUI 11.0.1.0.PCPINXM bo‘lib, Redmi 8 (sotib olish) smartfonlari uchun proshivka hajmi 600 MB bo‘lsa, Redmi 8A (xarid qilish) proshivkasi 544 MBga teng. Ularning ikkalasi ham so‘nggi emas, balki Android 9 Pie talqiniga asoslangan va oktyabr oyidagi xavfsizlik patchlarini o‘z ichiga olgan.

Demak, O‘zbekistondagi foydalanuvchilar ham yaqin orada Redmi 8 hamda Redmi 8A smartfonlarini yangilanib olishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur proshivkadagi o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar haqida mana bu maqolamizda ma’lumotlar mavjud. Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Yana naq 15 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 11 tarqatila boshladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.