Eng arzonidan eng zo‘rigacha: Android-smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2021 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  1868
  •  08.07.2021 17:38

Eng arzonidan eng zo‘rigacha: Android-smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2021 yil iyun)

Oxirgi kunlarda biz AnTuTu benchmarkida joriy yilning iyun oyidagi tekshiruvlarga asoslangan ikkita reytingni e’lon qilganmiz. Bulardan biri o‘z egalarini rozi qilgan o‘nta smartfon bo‘lsa, ikkinchisi eng tezkor Android-smartfonlar ro‘yxatidir.

O‘QING: Eng ravon ishlovchi mobil operatsion tizim va smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil iyun)

Bulardan tashqari, AnTuTu jamoasi iyun oyi holatiga ko‘ra beshta narx toifasi bo‘yicha Android-smartfonlarning eng yaxshilari ro‘yxatlarini ham taqdim etdi. Unda qurilmalar Xitoydagi, shu mamlakat valyutasidagi narxi bo‘yicha beshta guruhga ajratilgan va shu kategoriyalarning har biridagi eng zo‘rlari alohida ro‘yxatlarda berilgan. Tushunish qulay bo‘lishi uchun biz ularning narxlarini AQSh dollarida ham ko‘rsatmoqdamiz.

Demak – eng arzon, ya’ni narxi 1999 yuangacha (bu taxminan 308 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi) bo‘lgan telefonlarning eng zo‘ri 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali Redmi Note 10 Pro bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Kamida 6 xil Xiaomi va Redmi smartfonlarida ishkal: kompaniya aybini tan oldi

Ikkinchi narx toifasi 2000 dan to 2999 yuangacha (309–462 dollar) narxli smartfonlardir.

Bu reytingda Vivo kompaniyasining o‘yinbop qurilmalar chiqaruvchi iQOO brendiga mansub iQOO Neo 5 Vitality Edition modelining 8/128 gigabaytligi g‘olib chiqqan.

O‘QING: Egasiga juda uzoq xizmat qilgan 5 ta afsonaviy smartfon. Siz ham ularni ishlatganmisiz?

Uchinchi reytingga bo‘lsa 3000–3999 yuanlik (463–616 dollarlik) smartfonlar kiritilgan.

Ko‘rib turganingizdek, mazkur toifada 8/128 gigabaytlik OnePlus 9 birinchi o‘rinni olgan.

 O‘QING: Eng zo‘r flagman va turli jihatlardan eng yaxshi hamyonbop smartfonlar («Roskachestvo» oltita reytingi, 2021 yil iyun)

Xitoydagi narxi 4000–4999 yuan (617–770 dollar) oralig‘ida bo‘lgan smartfonlar to‘rtinchi reytingda aks ettirilgan:

Ularning orasida tezkor/doimiy xotira hajmi 8/128 gigabayt bo‘lgan Vivo X60 Pro+ flagmaniga teng keladigani topilmagan.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (26-hafta)

Eng qimmat, ya’ni narxi 5000 yuandan (770 dollardan) yuqori bo‘lgan flagmanlar o‘rtasida Oppo Find X3 Pro kamerofoni ketma-ket uchinchi bor g‘olib bo‘lyapti.

O‘tgan oydagi reytingda uning 12/256 gigabaytligi liderlikka erishgan bo‘lsa, bu gal 8/256 gigabaytlik varianti yetakchi.

O‘QING: MWC 2021: «Yilning eng zo‘r smartfoni» va uning to‘rtta raqibi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!