Eng avval Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Samsung smartfonlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2378
  •  17.06.2019 11:03

Eng avval Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Samsung smartfonlari bilan tanishing!

Google kompaniyasi Android 10 Q operatsion tizimini kuzga yaqin foydalanuvchilarga butkul taqdim etadi. Hozircha esa ayrim smartfonlarda uning beta-talqinlarini sinab ko‘rish imkoni mavjud.

O‘QING: Android 10 Q Beta 4 muammolari hal etildi – uni endi bemalol o‘rnatish mumkin!

Android 10 Q’gacha yangilanuvchi barcha Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati avvalroq sizlarga qadrdon Terabayt.uz saytida e’lon qilingan edi. Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) esa ushbu apdeyt birinchi to‘lqinda aynan qaysi modellarga tarqatilishini Twitter orqali ma’lum qildi.

Ko‘rib turganingizdek, avgustda taqdim etiladigan Galaxy Note 10 fabletlari Android 10 talqini bilan chiqadi.

O‘QING: Xiaomi’ning birinchilar qatorida Android 10 Q’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

Shuningdek, Samsung’ning bu yilgi Galaxy S10 (sotib olish) turkumidagi hamda o‘tgan yilgi Galaxy S9 seriyasidagi flagmanlari, shuningdek, o‘rta narxli Galaxy A turkumidagi smartfonlari ham Android Q talqinidagi proshivkaga ilk to‘lqinda yangilanadi.

Demak, jami uchta turkumga oid jami 12 modeldagi Samsung qurilmalari birinchilar qatorida Android 10’gacha yangilanadi. Lekin afsuski, yangi talqindagi operatsion tizimga asoslangan proshivkalar ushbu modellarga aynan qachon kelishiga Mukul Sharma aniqlik kiritmagan.

Kompaniyaning hozirgacha global savdoga chiqqan ayrim telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy A’larning bari arzonlashdi – Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 10 iyun)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.