Eng «beli baquvvat» va arzon Samsung smartfonining yaxshilangan versiyasi – Galaxy M30s chiqyapti

  •   DiMaX
  •  2139
  •  14.06.2019 14:32

Eng «beli baquvvat» va arzon Samsung smartfonining yaxshilangan versiyasi – Galaxy M30s chiqyapti

Janubiy koreyalik korporatsiya shu yilning fevral oyida Galaxy M30 smartfonini taqdim etgandi. Bu model baquvvat, ya’ni 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega eng arzon Samsung smartfonidir.

O‘QING: Samsung eng arzon va ommabop smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Manbalarning ta’kidlashicha, Samsung endi uning yanada yaxshilangan versiyasi – Galaxy M30s modelini tayyorlamoqda. Mart oyidan savdoga chiqqan original smartfon SM-M305F model raqamiga ega bo‘lsa, Galaxy M30s versiyasining model raqami SM-M307F ekan.

Kuzatuvchilarning fikricha, yangi smartfon Galaxy M30 hamda Galaxy M40 modellarining oralig‘idagi qurilma bo‘ladi. Samsung Galaxy M30s akkumulyator sig‘imi va xotira hajmi original modeldagidek qolib, kameralari yaxshilanishi mumkin. Yangi devays qadoqdanoq One UI 1.1 grafik qobig‘i ostidagi Android 9 Pie operatsion tizimi bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Samsung Galaxy M30s yaqin orada namoyish etilsa kerak, ammo sanasi hali ma’lum emas. Hozirgacha global savdoga chiqqan ayrim Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Qulay va ixcham – Galaxy A10e rasman taqdim qilindi!