Eng benuqson iPhone modeli aniqlandi va bu...

  •   DiMaX
  •  3212
  •  06.02.2018 14:45

Eng benuqson iPhone modeli aniqlandi va bu...

Apple har yili yuz millionlab smartfon sotadi, tabiiyki, ular orasida texnik xatoliklarga ega bo‘lgan qurilmalar ham bo‘lib turadi. Turli modellardagi ayfonlar, jumladan, iPhone X modelida uchrayotgan kamchiliklar sababli «olmali» korporatsiya uzr so‘ragan hollar ham bo‘lmoqda.

O‘QING: iPhone X'da kichik bir muammo bor

O‘rinli savol tug‘iladi: hamonki, texnologiyaning so‘nggi mo‘’jizasi sifatida e’tirof etilayotgan iPhone X ham shuncha kamchiliklar bilan chiqayotgan bo‘lsa, o‘zi qaysi ayfon modelida nuqson kam ekan?

Mutaxassislar bu masalaga jiddiy yondashib, keyingi yillar mobaynida kupertinolik gigantning turli modellarga mansub smartfonlarida keng ko‘lamda uchragan muammolarni o‘rganib chiqishdi. Tadqiqotda faqatgina ommaviy tus olgan brak holatlari inobatga olindi. Kamdan-kam uchraydigan mayda-chuyda nuqsonlar, masalan, ayrim iPhone X namunalarida ekrandagi tikka yashil chiziq borligi kabilar hisobga kiritilmadi.

O‘QING: iPhone 8 Plus’da yana bir muammo chiqdi!

Aytish kerakki, turli modellarda o‘ziga xos muammolar borligi aniqlandi. Masalan, iPhone 6 Plus’larning ekrani lipillab qolishi, ayrim iPhone 6s modellari kutilmaganda o‘chib-yonishi, ba’zi iPhone 7’larda signal yo‘qolib qolishi...

Yana ta’kidlash o‘rinliki, yuqorida tilga olingan muammolarning ommaviy tarzda uchrayotganini Apple rasman tan olgan va ular uchun mijozlarga qulay sharoitlarda ta’mirlash dasturini ishga tushirgan.

O‘QING: Apple noiloj o‘z aybini tan oldi

Xullasi kalom, shu tariqa foydalanuvchilar tomonidan shikoyatlar eng kam tushgan ayfon modeli aniqlandi. Bu – 2016 yili taqdim etilgan va butun dunyoda katta talab bilan sotilib kelayotgan iPhone SE modeli bo‘lib chiqdi.

Ushbu ayfonda hech qanday ommaviy uchraydigan kamchilik topilmagan, shu bois mutaxassislar aynan iPhone SE’ni eng benuqson ayfon, deya e’tirof etishdi. Bu fikrga ko‘plab foydalanuvchilar ham qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, Apple mazkur smartfonini bu yil yangicha talqinda taqdim etishi kutilayotir. Ko‘plab kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, u yubiley ayfoni va boshqa – nisbatan yangi modellardagi ayrim texnologiya yutuqlarini ham o‘zida jamlagan bo‘ladi.

O‘QING: iPhone SE 2 zo‘r smartfon bo‘ladi, 3 ta "minus"ni hisobga olmaganda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.