Eng birinchi ayfon tezligini iPhone 12 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («Jonli» test videosi)

  •   DiMaX
  •  1936
  •  26.06.2021 10:31

Eng birinchi ayfon tezligini iPhone 12 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («Jonli» test videosi)

Apple’ning so‘nggi – o‘n ikkinchi avlod smartfonlarini turli jihatlariga ko‘ra raqobatchi kompaniyalar flagmanlari bilan qiyoslab ko‘rsatilgan videolar ko‘p. PhoneBuff kanali esa iPhone 12 ishlash tezkorligini ayni shu kompaniyaning eng birinchi smartfoni bilan qiyoslab ko‘rdi.

O‘QING: Jonli test videosi: iPhone’lardan qay birining quvvati uzoq vaqtga yetadi?

O‘n to‘rt yilcha avval chiqqan ilk iPhone nafaqat telefonlar industriyasini, balki butun dunyoni o‘zgartirib yuborgan edi. Hozirgi smartfonlarga solishtirganda u judayam eski tuyulishi aniq, lekin amalda uning ishlash tezligi qanaqa?

PhoneBuff kanali robotlashtirilgan manipulyator yordamida o‘tkazgan testga qaraganda, iPhone 12 o‘zining ilk ajdodidan ancha tezkor:

iPhone 12 ilovalarni ishga tushirishning ilk davrasini 40 soniyada, ikkinchisini esa atigi 20 soniyada tugatgan. Ilk ayfon uchun esa bularga tegishlicha 1 daqiqayu 26 soniya hamda 1 daqiqayu 2 soniya kerak bo‘lgan.

Oradagi 40 soniyalik va 86 soniyalik farqlar bir qarashda katta ko‘rinadi, ammo bu qurilmalarni 13 yillik vaqt farqi ajratib turganini hisobga olsak, birinchi iPhone ishlash tezligi hozir ham chakki emasligini tushunamiz.

O‘QING: iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)