Eng ingichka jag'li smartfon? Realme 10 Pro+ taqdim qilindi!

Eng ingichka jag'li smartfon? Realme 10 Pro+ taqdim qilindi!

Realme kompaniyasi o'zining bu oy boshida chiqargan Realme 10 seriyasiga yana ikkita model qo'shdi. Biri biz kecha tanishgan Realme 10 Pro bo'lsa, yana biri biz hozir tanishadigan Realme 10 Pro+ modeli edi.

Pro modeldan farqli o'laroq, Realme 10 Pro+ kompaniyaning raqamli seriyadagi smartfonlari orasida eng birinchi yon tomonlari egilgan displeyli model bo'lib, u 6.7 dyuym o'lcham va FHD+ rezolyutsiyadagi 120 gerts yangilanish tezligiga ega ekran bilan jihozlangan va u 0.65 millimetr qalinlikdagi super ingichka himoya oynasi bilan ta'minlangan. Qolaversa, smartfon 2.33 millimetr qalinlikdagi jag'i (ekranning pastki qora ramka chegarasi) bilan o'ziga xos hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, ushbu ko'rsatkich Galaxy S22 Ultra'da 2.6 mm.

Ekranning yuqori markazidagi yumaloq tirqishdan 16 megapiksel va f/2.45 diafragmali selfi kamera o'rin olgan. Orqa tomonda esa 108 MP (f/1.75) asosiy, 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralari o'rnatilgan.

Qurilma kapoti ostida esa Dimensity 1080 chipseti 8/12 (+8 GB virtual) GB operativ va 128/256 GB doimiy xotira bo'lib, uning 5,000 mA/soat sig'imli batareyasini USB Type-C porti orqali 67 Vt tezlikda zaryadlash mumkin. 173 gramm og'irlik va 7.78 millimetr qalinlikdagi smartfon Android 13'ga asoslangan Realme UI 4.0 operatsion tizimida ishlaydi va u ulanish borasida 5G'ni qo'llab-quvvatlaydi.

Realme 10 Pro+ smartfonlari 24-noyabrdan boshlab Xitoyda sotuvga chiqariladi. Smartfon narxi quyidagicha:

  • 8 GB + 128 GB – 1,699 yuan (≈ 2,665,000 so'm)
  • 8 GB + 256 GB – 1,999 yuan (≈ 3,136,000 so'm)
  • 12 GB + 256 GB – 2,299 yuan (≈ 3,606,000 so'm)

O'QING: Oppo A1 Pro smartfoni taqdim qilindi