Eng innovatsion sakkizta smartfon – CES 2021 sovrindorlari

  •   DiMaX
  •  1296
  •  08.01.2021 18:01

Eng innovatsion sakkizta smartfon – CES 2021 sovrindorlari

CES 2021 ko‘rgazmasi tashkilotchisi – The Consumer Technology Association muassasasi unda eng innovatsion gadjetlarni mukofotlash tantanasini ham o‘tkazadi. Bu yil mobil qurilmalar yo‘nalishida sakkizta smartfon eng yaxshilari, deb topildi.

O‘QING: Amerikaliklarning o‘zlari qaysi iPhone’larni ko‘proq olishyapti?

Hakamlar hay’ati – industriyaning 89 nafar ekspertlari Galaxy A51 5G modelini narx va sifat mutanosibligiga ko‘ra eng zo‘r smartfon, deya e’lon qilishdi. OnePlus 8 Pro flagmani esa «yetakchi mobil smartfon» sifatida e’tirof etildi.

Shunday qilib, CES 2021 Innovation Awards mukofori sovrindorlari quyidagilar bo‘ldi:

  1. Asus ROG Phone 3 & Asus ROG Kunai 3 Gamepad
  2. LG Wing
  3. LG Velvet 5G
  4. TCL 10 5G UW
  5. Samsung Galaxy Z Flip 5G
  6. Samsung Galaxy Note 20 5G / Note 20 Ultra 5G
  7. Samsung Galaxy A51 5G
  8. OnePlus 8 Pro

Eslatib o‘tamiz, biz 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni, Gizmochina nashriga ko‘ra beshta yo‘nalishda 2020 yilning eng zo‘r Android-smartfonlari, DxOMark nazdida 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni, eng xaridorgir 5G-smartfonlar, rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar kabi reytinglarni ham e’lon qilganmiz. Shuningdek, AnTuTu benchmarkiga ko‘ra eng qudratli flagmanlar hamda eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon reytinglari ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: AnTuTu’da taxt talashayotgan Mi 11 va iQOO 7 flagmanlarini bitta zarbada ag‘dargan yangi rekordchini qarshi oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!