Eng ishonchli kompyutersozlar reytingi e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  1503
  •  19.10.2018 17:57

Eng ishonchli kompyutersozlar reytingi e’lon qilindi

Amerikaning kompyuterlarni ta’mirlashga ixtisoslashgan Rescuecom kompaniyasi har yili AQShdagi kompyuter va noutbuklarning ishonchliligi bo‘yicha tadqiqot ham olib boradi. Kuni kecha u ayni damdagi holatga ko‘ra eng kam buziluvchi kompyuterlar reytingini oshkor etdi.

O‘QING: Eng yaxshi kompyuter ishlab chiqaruvchilar reytingi

Reyting natijalariga ko‘ra, AQSh kompyuter bozorida Samsung Electronics kompaniyasining ulushi uncha katta emas – 6,4 foiz. Ta’mirlatishga olib kelinayotgan kompyuterlar orasida esa ushbu ishlab chiqaruvchining mahsulotlari eng kam – atigi 1,63% ulushga ega. Shu sababli u ishonchlilik reytingida 393 ball olgan.

Mana, quyidagi jadvalda birinchi ustun – kompyutersoz kompaniya, ikkinchisi – uning AQSh bozoridagi ulushi, uchinchisi – ta’mirlanuvchilar orasidagi ulushi, to‘rtinchisi – ishonchlilik balli va beshinchisi – ishonchlilikning shartli belgisi aks ettirilgan.

Shu tariqa, janubiy koreyalik texnogigantning kompyuterlari nafaqat nomdor Apple, balki boshqa barcha kompaniyalarning ham shu turdagi mahsulotlaridan ancha ishonchli ekanligi aniqlandi.

Aytish kerakki, bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda ham bir nechta ishlab chiqaruvchilarning turli kompyuter va noutbuklari onlayn savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Eng ishonchli noutbuksozlar reytingi e’lon qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!