Eng kerakli dasturda ham to‘q rangli mavzu paydo bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  599
  •  24.11.2020 16:30

Eng kerakli dasturda ham to‘q rangli mavzu paydo bo‘ladi!

Microsoft korporatsiyasi Windows 10 tizimiga to‘q rangli mavzuni qo‘shdi va buni boshqa bir nechta mahsulotlarda ham joriy qilishni rejalashtirmoqda. Tarmoqdagi manbalarga ko‘ra, to‘q rangli mavzuni qo‘llab-quvvatlaydigan navbatdagi ilova Word ofis dasturidir.

O‘QING: PDF-faylni Word’ga o‘girishning 15 ta bepul usuli

Bu haqida Softpedia resursi Florian B taxallusi ostida Tvitter foydalanuvchisiga havola bilan xabar berdi, deb yozadi UZZOOM.

Yuborilgan skrinshotga ko‘ra, qorong‘u mavzu dasturning barcha ish maydonini qamrab oladi, shrift esa oq rangga aylanadi. Manbaning ta’kidlashicha, ushbu bosqichda yangi xususiyat faqat Word dasturining ish stoli versiyasida mavjud bo‘ladi, ammo kelajakda Microsoft yanada barqarorlik uchun barcha platformalarda bir xil vizual uslubni joriy qilmoqchi.

Microsoft Word uchun qorong‘u mavzu Insider Preview’da sinovchilar uchun avvaldan mavjud. Shunday qilib, kelgusi oylarda ushbu xususiyat barcha foydalanuvchilar uchun paydo bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Talabaga kerak bo‘lgan 9 bepul ilova

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!