Eng kichik iPhone 12 naq 128 GB xotirali bo‘lib, 64 GBlik iPhone 11 narxida sotiladi!

  •   DiMaX
  •  1676
  •  19.06.2020 11:25

Eng kichik iPhone 12 naq 128 GB xotirali bo‘lib, 64 GBlik iPhone 11 narxida sotiladi!

Apple yaqinda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida to‘qqizta yangi iPhone va bitta iMac’ni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bu to‘qqiztasi – o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning turli versiyalaridir.

O‘QING: iPhone 12'lar taqdiri yana so‘roq ostida qolmoqda

Wedbush Securities tahlilchisi Deniyel Ayvz so‘nggi investitsion hisobotida iPhone 12 turkumi haqida ayrim ma’lumotlarni taqdim etgan. Unga ko‘ra, bu yilgi ayfonlarning boshlang‘ich modeli 5G-modemga ega bo‘lmasdan, faqat 4G standartigacha bo‘lgan uyali aloqa tarmoqlarida ishlay oladi.

Lekin ushbu smartfon ham eng kichik konfiguratsiyada 128 gigabaytlik ichki xotiraga ega, deydi tahlilchi. Quvonarli tomoni – garchi ikki baravar «bag‘rikeng» bo‘lsa-da, u bulturgi iPhone 11’larning eng kichkinasi – 64 gigabaytligi kabi – 699 dollarga baholanadi!

O‘n ikkinchi avlod ayfonlarning boshlang‘ich versiyasi olti xil – sariq, oq, qizil, moviy, ko‘k va och yashil ranglardagi, polikarbonatdan ishlangan korpuslarda taklif etiladi.

O‘QING: Nufuzli insayder birinchi buklama iPhone haqida xabar berdi

Eng ilg‘or – Apple iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max smartfonlarning esa ekranida kadr yangilanish chastotasi 120 gersga teng bo‘ladi.

Apple o‘z standart strategiyasiga rioya eta olsa, iPhone 12 turkumining taqdimoti sentyabrda bo‘lish o‘tishi kerak. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli jarayonlar kechikib ketishi ehtimoli ham bor.

Darvoqe, kupertinolik korporatsiya xasislik qilib, ayfonlar qadog‘idan muhim aksessuarni olib tashlayotganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Apple qancha chiranmasin, iPhone 12’lar taqdiri baribir Samsung’ga bog‘liq!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!