Eng ko‘p foyda ko‘rgan korxonalar o‘ntaligiga bittagina mobil operator kirdi (O‘zbekiston, 2020 yil)

  •   DiMaX
  •  2539
  •  06.05.2021 13:47

Eng ko‘p foyda ko‘rgan korxonalar o‘ntaligiga bittagina mobil operator kirdi (O‘zbekiston, 2020 yil)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi. Manbaga ko‘ra, 2020 yil yakuni bo‘yicha hisobot topshirgan 1 ming 903 ta korxonadan eng yuqori sof foyda olgan 20 ta va eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 tasi ro‘yxati shakllantirilgan.

O‘QING: IMEI-kodlar davlatni qanchaga boyitganini bilasizmi?

O‘tgan yili eng ko‘p daromad ko‘rgan 20 ta korxonaning umumiy foydasi 9,5 trln so‘mni tashkil etgan.

Ulardan yuqori daromadli o‘ntasi quyidagilardir:

  1. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ – 3,9 trln so‘m;
  2. «O‘zbekneftgaz» AJ – 3,4 trln so‘m;
  3. «Farg‘onaazot» AJ – 292,6 mlrd so‘m;
  4. «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ – 218,5 mlrd so‘m;
  5. «Hududgazta’minot» AJ – 211,2 mlrd so‘m;
  6. Coca-cola Ichimligi Uzbekistan MChJ – 205,7 mlrd so‘m;
  7. «COSCOM» MChJ (Ucell SB) – 199,8 mlrd so‘m;
  8. «O‘zshahar qurilish invest» MChJ – 168,8 mlrd so‘m;
  9. «O‘zavtosanoat» AJ – 160,3 mlrd so‘m;
  10. Tovar-xomashyo birjasi – 94,8 mlrd so‘m foyda ko‘rgan.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar orasidan o‘tgan yili ko‘p foyda ko‘rganlar ro‘yxatida «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi ham bor.

O‘QING: «O‘zbektelekom» ofislarida smartfon va aksessuarlar ham sotilyapti – foizsiz va 12 oygacha muddatli to‘lov!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!