Eng ko'p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq qaysi?

Eng ko'p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq qaysi?

Statistikaga ko'ra, dunyo aholisining 59 foizi yoxud 4.7 milliard odamlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi va ushbu raqamlar yiliga 5.1% yoki 227 millionga oshib bormoqda. Bu bir necha yil avvalgi emas, balki, 2022-yilning iyul oyiga ko'ra DataReportal tomonidan berilgan ma'lumotlar bo'lib, quyida shuuuncha odam qaysi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi va unga qancha vaqt sarflashi bilan tanishamiz.

Foto: DataReportal

Ma'lum bo'lishicha, dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan ijtimoiy tarmoq hali ham Facebook bo'lib, uning aktiv foydalanuvchilari salkam 3 milliard'ni tashkil qiladi. Undan keyingi ikkinchi o'rinni esa, Google'ning YouTube video platformasi 2,476 milliard aktiv foydalanuvchilar egallagan bo'lsa, top uchlik 2 milliard aktiv foydalanuvchilarga ega WhatsApp bilan yakunlanadi.

Foto: DataReportal

Garchi Facebook eng ko'p aktiv odamlarga ega bo'lsa ham, foydalanuvchilar unga ko'p vaqt sarflashmaydi. Data.AI tomonidan taqdim qilinayotgan ma'lumotlarga ko'ra, TikTok va YouTube foydalanuvchilari umumiy hisobda oyiga salkam bir kunlarini (23.6/23.2 soat) shu platformalarga sarflashadi.

Foto: DataReportal

SensorTower bergan ma'lumotlarga ko'ra esa, kuniga o'rtacha 95 daqiqa TikTok uchun, 74 daqiqa esa YouTube uchun sarflanadi. Biroq, eng, eng, eng aktiv foydalanuvchilarga ega ijtimoiy tarmoq Instagram bo'lib, har 10 Instagram foydalanuvchisining 4 tasi har kuni Instagram'ga kiradi.

O'QING: Testlar yakunlandi, Android 13 barqaror versiyasi tarqatilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!