Eng ko‘p radiatsiya nuri tarqatuvchi smartfonlar reytingi bilan tanishing! (2018 yil, sentyabr)

  •   DiMaX
  •  8746
  •  03.09.2018 18:53

Eng ko‘p radiatsiya nuri tarqatuvchi smartfonlar reytingi bilan tanishing! (2018 yil, sentyabr)

Barchamizga ma’lumki, kundalik turmushimizda ko‘p qo‘l keladigan, doimo yonimizda olib yuradigan matohimiz – smartfon o‘zidan zararli nurlar ham chiqaradi. Mutaxassislar vaqti-vaqti bilan turli modellardagi «aqlli» telefonlarning shu nurlarni taratish darajasini tekshirib, natijalarini e’lon qilib borishadi.

O‘QING: Top-15: Radiatsiya nuri tarqatuvchi eng zararli smartfonlar (2018 yil, Mart)

Jumladan, Statista nashri kuni kecha e’lon qilgan reyting joriy yilning avgust oyigacha bozorga chiqqan smartfon modellarining radiatsiya nurlari tarqatish darajasini ko‘rsatadi. Unda yuqori o‘rinlarni Xiaomi, OnePlus hamda Huawei mahsulotlari egallagan.

Quyidagi reytingda zararli nurlarni eng ko‘p tarqatuvchi o‘n beshta smartfon nomlari hamda ular tarqatuvchi radiatsiya miqdori ko‘rsatilgan:

Bu yerda smartfonlarning solishtirma yutilish koeffitsiyenti (Specific Absorption Rate, SAR) ko‘rsatkichlari aks ettirilgan. Mazkur tushunchalar haqida esa mana bu maqolamizda kengroq ma’lumot berilgan.

O‘QING: Diqqat: eng xavfli va eng xavfsiz smartfonlar reytinglari

Ayni damda esa radiatsiya nurini «saxiylarcha» tarqatayotgan smartfon – eng ommaboplaridan bo‘lgan Xiaomi Mi A1 modeli ekan. Bqorida ko‘rganingizdek, uning SAR ko‘rsatkichi 1.75 Vt/kg.ga teng. Ammo bu ham ruxsat etilgan eng yuqori qiymat – 2 vt/kg.ga yetmaydi, ya’ni – xavotirlanishga o‘rin yo‘q.

Ikkinchi o‘rinda esa «aslo qotmas» smartfonlari bilan mashhur kompaniyaning ayni damdagi eng ilg‘or flagmani – OnePlus 6 modeli turibdi. Unda SAR ko‘rsatkichi 1.68 Vt/kg.ni tashkil etgan. Kuchli uchlikni Xitoyning kuchli smartfonsozi taqdim etgan Huawei Mate 9 modeli 1.68 Vt/kg.lik ko‘rsatkich bilan yakunlab bergan.

O‘QING: Mobil telefonning zararini kamaytirish usullari