Eng ko‘p sotilgan va eng ko‘p daromad keltirgan smartfonlar: ikkala reytingda ham ilk to‘rtta o‘rin bitta kompaniyaniki!

  •   DiMaX
  •  2216
  •  21.05.2021 18:14

Eng ko‘p sotilgan va eng ko‘p daromad keltirgan smartfonlar: ikkala reytingda ham ilk to‘rtta o‘rin bitta kompaniyaniki!

Counterpoint tadqiqot firmasi joriy yilning birinchi kvartalida dunyo bo‘ylab eng xaridorgir smartfonlar reytingini chiqardi. Shuningdek, savdosidan eng ko‘p daromad keltirgan smartfonlar top-o‘ntaligi ham taqdim etilgan.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (19-hafta)

Buni qarangki, har ikkala reytingda dastlabki to‘rtta pog‘onadan ayni bir xil modellar (sal o‘rin almashish bilan) joy olgan. Statistikaga ko‘ra, 2021 yilning birinchi choragida bazaviy talqindagi iPhone 12 eng xaridorgir bo‘lgan – butun jahonda sotilgan smartfonlarning besh foizi shu modelga mansub ekan. Keyingi uchta o‘rinni ham Apple mahsulotlari band etgan – iPhone 12 Pro Max (4%), iPhone 12 Pro (3%) va iPhone 11 (2%).

Android olamidan eng ko‘p sotilgani esa arzon Redmi 9A (2%) bo‘lgan. Shuningdek, kuchli o‘ntalikka Redmi 9, Samsung Galaxy A12, Redmi Note 9, Samsung Galaxy A21s hamda Samsung Galaxy A31 ham kirgan. Ko‘rinib turibdiki, Android-smartfon olmoqchi bo‘lganlarning aksariyati arzonroq modellarni tanlar ekanlar.

Mana, quyidagi diagrammada sotilish soni bo‘yicha yetakchilar reytingi o‘ng tomonda, daromad keltishiga ko‘ra liderlar ro‘yxati esa chap tomonda joylashgan:

Yilning birinchi kvartalida sotilgan smartfonlardan tushgan daromad bo‘yicha esa iPhone 12 Pro yetakchi bo‘lgan. O‘sha davrda dunyo bo‘ylab smartfon savdosida aylangan pulning naq 12 foizi shu modelga to‘g‘ri kelgan. Undan keyingi o‘rinlarda iPhone 12 (11%) hamda iPhone 12 Pro (9%) modellari turibdi. Shu tariqa, faqat shu uchtagina ayfonning o‘zi jahon smartfon bozoridagi pulning 32 foizi Apple cho‘ntagiga tushishini ta’minlagan.

Android-smartfonlar orasida ishlab chiqaruvchiga eng ko‘p daromad keltirgani esa Samsung Galaxy S21 Ultra bo‘lgan.

O‘QING: O‘z smartfonidan Galaxy foydalanuvchilari ko‘proq qoniqqanmi yoki iPhone ishlatadiganlar?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!