Eng kuchli akkumulyatorga ega 10 smartfon

Eng kuchli akkumulyatorga ega 10 smartfon

Quyida eng kuchli akkumulyatorlarga ega 10 ta smartfon bilan tanishamiz.

realme C21

• Akkumulyator: 5,000 mA/soat.
• Displey: IPS LCD, 6,5 dyuym, 1,600 × 720 piksel.
• Protsessor: MediaTek Helio G35.
• Kamera: asosiy - 13 MP (asosiy) + 2 MP (ajratilgan makro kamera) + 2 MP (sath sensori); frontal - 5 MP.
• Xotira: 3/32 GB, 4/64 GB, microSDXC kartasi qo‘llab-quvvatlanadi.

realme C21 batareya quvvati yaxshi bo‘lgan byudjet smartfondir. Uning 5,000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori quvvati deyarli ikki yarim kunga yetadi. Bundan tashqari, u reversiv zaryad berish imkoniga ham ega, ya’ni realme C21 bilan boshqa qurilmalarni smartfoningizdan quvvatlantirishingiz mumkin.

Blackview BV6600

• Akkumulyator: 8,580 mA/soat.
• Displey: IPS LCD, 6,3 dyuym, 1,440 × 720 piksel.
• Kamera: asosiy: 16 MP; frontal: 8 MP.
• Xotira: 4/64GB, microSDXC kartasi qo‘llab-quvvatlanadi.
• Operatsion tizimi: Android 10.

Blackview BV6600 quvvati pilot rejimida 792 soatgacha, oddiy rejimda 430 soatgacha yoki bir martalik quvvat bilan 50 soatgacha bo‘lgan telefon qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga yetadi. Qurilma 8,580 mA/soat sig‘imga ega batareyali arzon, ammo yuqori sifatli gadjetdir.

OPPO A53

• Akkumulyator: 5000 mA/soat.
• Displey: IPS LCD, 6,67 dyuym, 1,600 × 720 piksel.
• Protsessor: Snapdragon 460.
• Kamera: asosiy: 13 MP (asosiy) + 2 MP (ajratilgan makro kamera) + 2 MP (sath sensori); frontal: 16 MP.
• Xotira: 4/64 GB, 4/128 GB, 6/128 GB, microSDXC kartasi uchun slot.
• Operatsion tizimi: Android 10 (ColorOS 7.2).

OPPO A53 quyi toifa texnik jihatlarga ega byudjet qurilma hisoblanadi. Uning 5,000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori to‘liq quvvat bilan qurilmadan bir kundan ko‘proq vaqt davomida muammosiz faol foydalanish uchun yetarli bo‘ladi.

Xiaomi Redmi 9T

• Akkumulyator: 6000 mA/soat.
• Displey: IPS LCD, 6,53 dyuym, 2,340 x 1,080 piksel.
• Protsessor: Snapdragon 662.
• Kamera: asosiy - 48 MP (asosiy) + 8 MP (ultra keng burchakli) + 2 MP (ajratilgan makro kamera) + 2 MP (sath sensori); frontal - 8 MP.
• Xotira: 4/64GB, 4/128GB, 6/128GB, microSDXC kartasi qo‘llab-quvvatlanadi.
• Operatsion tizimi: Android 10 (MIUI 12).

Redmi 9'ning ushbu modifikatsiyasi muqobil nomga ega - Redmi 9 Power. Smartfon 6,000 mA/soat sig‘imga ega, 18 Vt da quvvat oluvchi akkumulyatorga ega. Bu 20 soatlik doimiy qo‘ng‘iroqlar yoki 18 soatlik video tomosha qilish uchun yetarli. Barmoq izlari skaneri yon tomonda joylashgan. Smartfon 3,5 millimetrli audio jek bilan ham jihozlangani maqtovga loyiq.

Samsung Galaxy A31

• Akkumulyator: 5,000 mA/soat.
• Displey: Super AMOLED, 6,4 dyuym, 2,400 x 1,080 piksel.
• Kamera: asosiy - 48 MP (asosiy) + 8 MP (ultra keng burchakli) + 5 MP (ajratilgan makro kamera) + 5 MP (sath sensori); frontal - 20 MP.
• Xotira: 4/64 GB, 4/128 GB, 6/128 GB, microSDXC kartasi qo‘llab-quvvatlanadi.
• Operatsion tizimi: Android 10 (One UI 2.5).

Galaxy A31'ning 5,000 mA/soatli batareyasi USB-C orqali 15 Vt da quvvatlanadi. Bu 33 soatlik doimiy qo‘ng‘iroqlar, 95 soat musiqa tinglash yoki 22 soat videoni ijro etish uchun yetadi.

O‘QING: 2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon

Doogee S88 Plus

• Akkumulyator: 10,000 mA/soat.
• Displey: IPS LCD, 6,3 dyuym, 2,340 x 1,080 piksel.
• Protsessor: MediaTek Helio P70.
• Kamera: asosiy - 48 MP (asosiy) + 8 MP (ultra keng burchakli) + 8 MP (sath sensori); frontal - 16 megapiksel.
• Xotira: 6/128 GB, microSDXC kartasi qo‘llab-quvvatlanadi.
• Operatsion tizimi: Android 10.

Doogee S88 Plus - mustahkam smartfonlarning eng yaxshi vakillaridan biri. U 10,000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu gadjetni 32 kun kutish rejimida qayta zaryadlashsiz quvvat bilan ta’minlab turishga yetadi. Bundan tashqari, bu sig‘im 47 soatlik qo‘ng‘iroqlar yoki 18 soatlik video tomosha qilish uchun ham bardosh beradi.

Poco X3 Pro

• Akkumulyator: 5,160 mA/soat.
• Displey: IPS LCD, 6,67 dyuym, 2,400 x 1,080 piksel.
• Protsessor: Snapdragon 860.
• Kamera: asosiy - 48 MP (asosiy) + 8 MP (ultra keng burchakli) + 2 MP (ajratilgan makro kamera) + 2 MP (sath sensori); frontal - 32 MP.
• Xotira: 6/128 GB, 8/128 GB, 8/256 GB, microSDXC kartasi uchun slot.
• Operatsion tizimi: Android 11 (MIUI 12).

Poco sub-flagmani Liquid Coolo Technology 1.0 Plus bilan jihozlangan Snapdragon 860 chipida ishlaydi. Smartfon 5,160 mA/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Poco X3 Pro quvvati taxminan 153 soat musiqa tinglash yoki 17 soat video tomosha qilishga yetadi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro

• Akkumulyator: 5,020 mA/soat.
• Displey: AMOLED, 6,67 dyuym, 2,400 x 1,080 piksel.
• Protsessor: Snapdragon 732G.
• Kamera: asosiy - 108 MP (asosiy) + 8 MP (ultra keng burchakli) + 5 MP (ajratilgan makro kamera) + 2 MP (sath sensori); frontal - 32 MP.
• Xotira: 6/64 GB, 6/128 GB, 8/128 GB, microSDXC kartasi qo‘llab-quvvatlanadi.

Xiaomi'ning 5,020 mA/soat sig‘imga ega akkumulyatorli smartfoni quvvati ikki kunlik avtonom foydalanish uchun yetarli. Smartfon 17 soat davomida uzluksiz HD videoni ijro eta oladi. 33 Vt da quvvatlanish imkoniga ega tezkor akkumulyatorni atigi yarim soat ichida yarmigacha to‘ldirish mumkin.

Samsung Galaxy M51

• Akkumulyator: 7,000 mA/soat
• Protsessor: Snapdragon 730.
• Kamera: asosiy - 64 MP (asosiy) + 12 MP (ultra keng burchakli) + 5 MP (ajratilgan makro kamera) + 5 MP (sath sensori); frontal - 32 MP.

25 Vt da quvvatlanish xususiyatiga egaligi bois qurilma 2 soat ichida to‘liq quvvat oladi. Bu 25 soat onlayn video tomosha qilish uchun yetadi. Teskari zaryadlash imkoni ham bor.

Samsung Galaxy A72

• Akkumulyator: 5,000 mA/soat.
• Displey: Super AMOLED, 6,7 dyuym, 2,400 x 1,080 piksel.
• Protsessor: Snapdragon 720G.
• Kamera: asosiy - 64 MP (asosiy) + 8 MP (telefoto) + 12 MP (ultra keng burchakli) + 5 MP (ajratilgan makro kamera); frontal - 32 MP.
• Xotira: 6/128 GB, 8/256 GB, microSDXC kartasi qo‘llab-quvvatlanadi.
• Operatsion tzimi: Android 11 (One UI 3.1).

Super AMOLED ekranli ushbu smartfon 5,000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. samsung'ning ta’kidiga ko‘ra, bu ikki kunlik ish uchun yetarli bo‘ladi. Batareya 25W USB-C zaryadlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator 40 daqiqada 50%, 90 daqiqada 100% zaryad oladi.

O‘QING: O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!