Eng kuchli Android smartfonlar reytingi (AnTuTu)

Eng kuchli Android smartfonlar reytingi (AnTuTu)

AnTuTu benchmarki dekabr oyi uchun eng kuchli Android smartfonlar reytingini e’lon qildi. Mana uchinchi oydirki Xiaomi Black Shark 4S Pro yetakchilikni hech qaysi smartfonga bermayapti. 

Ushbu o‘yinbop flagman smartfon oktyabr oyida taqdim etilgan bo‘lib, u Snapdragon 888+ chipi va 16GB tezkor xotira bilan jihozlangan. 

AnTuTu, shuningdek, o‘rta toifadagi eng kuchli smartfonlar reytingini taqdim etdi. Bu yerda raqobat flagman smartfonlarga qaraganda ancha yuqori. Dekabr oyiga kelib, iQOO Z5 smartfoni reytingda yetakchi bo‘lib oldi.

Flagmanlar reytingida Snapdragon 8 Gen1 chipida ishlovchi hech qanday smartfon yo‘q. Ushbu chipga ega bo‘lgan smartfonlari hali benchmarkdan to‘liq testdan o‘tmagan. 

Kelasi oyda Moto Edge X30 va Xiaomi 12 Pro qurilmalari katta ehtimol bilan reytingning yuqori pog‘onlaridan o‘rin egallaydi. 

Yangi Oppo Find N buklamafoni flagmanlar reytingida beshinchi o‘rinni egalladi. Chunki ushbu qurilmaning GPU optimallashuvi hamda sovutish tizimi juda yaxshi ishlaydi. 

O‘rta toifadagi smartfonlar reytingidagi sakkizta qurilma Snapdragon 778G chipi bilan jihozlanganligini ko‘rishimiz mumkin. 

Honor 60 Pro qurilmasi Snapdragon 778G+ chipga ega bo‘lsa ham, Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan iQOO Z5'dan kamroq ball to‘plagan. Bunga sabab qilib Z5 qurilmasiga UFS 3.1 xotira tezlatgichi o‘rnatilganligini ko‘rsatish mumkin. 

O‘QING: 2021 yilning eng ommabop 20 ta smartfoni 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!