Eng kuchli Apple qurilmalari reytingi (AnTuTu)

Eng kuchli Apple qurilmalari reytingi (AnTuTu)

Snapdragon 8 Gen1 chipining chiqarilishi bilan Android smartfonlarining ballari AnTuTu'da 1 000 000 dan oshib ketgan bo‘lsa, M1 platformasida ishlovchi iPad Pro 5 bu to‘siqni allaqachon engib o‘tgan.

Ushbu qurilma 1 255 349 ball bilan Apple iOS qurilmalarining yanvar oyidagi reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 

Ikkinchi o‘rindan iPad Pro 5 planshetining 11 dyuymli versiyasi o‘rin olgan bo‘lsa, uchinchi o‘ringa iPad Pro 3 joylashdi. Qizig‘i shundaki, iPad Pro 3 bu yo‘lad iPad Pro 4, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max'ni ortda qoldira olgan.

iPad mini 6 ham top o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. Chunki u yuqori darajadagi Apple A15 Bionic chipi bilan jihozlangan. 

O‘QING: Yangi iPhone SE 2022 smartfonidan nimalar kutilmoqda? 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!