«Eng kuchli himoyalangan» smartfonlar egalarini ham Facebook kamera orqali kuzatyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  765
  •  13.11.2019 12:13

«Eng kuchli himoyalangan» smartfonlar egalarini ham Facebook kamera orqali kuzatyapti! (+video)

Facebook ilovasi Android-smartfonlarning hatto oddiy qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarini ham kuzatishi o‘tgan yil bahorda ma’lum bo‘lgan edi. iPhone egalari o‘shanda bu xavfdan xoli ekanliklari bois xursand bo‘lishgandi, lekin endi ularga daxldor holat ham aniqlandi.

O‘QING: Facebook kuzatuvini cheklaymiz

Mazkur ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchisi Joshua Madyuks xabar berishicha, Facebook ilovasining iPhone uchun chiqarilgan versiyasi smartfon egasidan ruxsat so‘ramasdan, uning kamerasini ishga tushirar ekan!

Joshua buni yangiliklar tasmasini varaqlayotib tasodifan payqab qolgan. U tasvirni to‘liq ekran rejimida ko‘rib, so‘ng yopganida, ekranning chap qismida kamerdan olinayotgan tasvir ko‘ringan. Madyuksning ta’kidlashicha, mazkur bagni u iOS 13.2.2 tizimida ishlovchi beshta rusumlardagi ayfonlarda tekshirib ko‘rgan va barchasida shu muammo bor ekan. iOS 12 tizimida qolgan iPhone’lardagina bu nuqson yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

The Next Web nashriga ko‘ra, agarda foydalanuvchi avval ilovaga kameradan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsagina mazkur holat yuz beradi. Boshqa hollarda operatsion tizim Facebook’ning kamerani ishga tushirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Shuningdek, Android-smartfonlarda bunday muammo kuzatilmaganligini ham ta’kidlash kerak.

O‘QING: Smartfoningiz ta’qibidan qutulishni bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.