“Eng kuchli” Meizu’ning taqdimot kuni, jihatlari, narxi ma’lum bo‘ldi

“Eng kuchli” Meizu’ning taqdimot kuni, jihatlari, narxi ma’lum bo‘ldi

19 iyul kuni Xitoyning Meizu kompaniyasi MX6 smartfonini namoyish qiladi. Phone Arena axborot texnologiyalari nashrining xabar tarqatishicha, kompaniya ommaviy axborot vositalariga tadbir taklifnomasini yuborgan.

Meizu rahbariyatining e’lon qilishicha, Meizu MX6 smartfoni kompaniyaning “MX” turkumiga kiruvchi smartfonlar orasida eng kuchlisi bo‘ladi.

Gadjet ko‘rinishidan  kompaniyaga tegishli Pro 6 “aqlli telefon”iga o‘xshab ketsa ham, yirik ekrani bilan undan ajralib turadi.

Elektron qurilmalar samaradorligini baholovchi AnTuTu benchmarki natijalariga ko‘ra, Meizu MX6 mobil aloqa vositasi 10 yadroli  MediaTek Helio X20(MTK6797) protsessori bilan ta’minlanadi. Protsessorning chastota tezligi 1,39 GGs.

Meizu MX6 Android 6.0.1 Marhsmallow operatsion tizimining moslashtirilgan Flyme OS 5.2.2.0. talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Apparat 5,5 dyuymli Full HD sig‘imli (1920 x 1080 piksel), Super AMOLED platformasiga ekranga ega. Meizu MX6’ning tezkor xotirasi 4 GB, doimiy ichki xotirasi talqinidan kelib chiqib 32 yoki 64 GB bo‘ladi. Xotirani microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida kengaytirish mumkin.

Meizu MX6 12 MP bosh, 5 MP old kamera bilan ta’minlangan bo‘lishi kutilmoqda. Bosh kamera ikki tusli fotochaqnoqqa ega.

Mobil aloqa vositasining o‘ziga xosligi sifatida elektr toki sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan akkumulyatorni aytish mumkin.

Ba’zi manbaalar yangi aloqa vositasining 32 GB ichki xotiraga ega talqini 295 AQSh dollaridan, 64 GB talqini 320 dollardan sotilishini aytmoqda.

Shuningdek, Meizu MX6’ning maxsus “aqlli g‘ilof” bilan  $344 dollardan sotilishi ham xabar berilgan. Maxsus g‘ilofning turli ogohlantirishlardan xabardor qiluvchi LED-indikatorlar bilan ta’minlangan innovatsion aksessuar ekani e’tirof etilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!