Eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

  •   DiMaX
  •  2094
  •  03.04.2021 14:06

Eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

AnTuTu benchmarkiga ko‘ra mart oyidagi eng baquvvat Android-flagmanlar reytingini taqdim etgan edik. Mazkur servis jamoasi o‘rta narxli smartfonlarning ham TOP-o‘ntaligini e’lon qildi.

O‘QING: Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

O‘tgan oydagi xitoycha reytingda g‘olib bo‘lgan Xiaomi kompaniyasining Redmi 10X flagmani martda ham taxtdan tushgani yo‘q – 399 923 ball. Ikkinchi o‘rin egasi ham o‘zgarmagan – 399 906 ball bilan yana o‘sha Redmi 10X Pro modeli. Umuman olganda, o‘tgan yilning may oyida taqdim etilgan, MediaTek Dimensity 820 protsessoriga tayanuvchi ushbu ikki smartfon avgustdan beri AnTuTu reytinglarida yuqori o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelishmoqda va uzoq vaqt liderlik bo‘yicha rekordchi bo‘lib ulgurishdi.

Ko‘rib turganingizdek, xitoyliklarning AnTuTu servisidagi tekshiruvlariga asoslangan o‘rta narxli smartfonlar ro‘yxatiga yana quyidagilar kirgan:

  1. Vivo S7t – 393 918 ball
  2. Huawei Nova 7 Pro – 390 828 ball
  3. Huawei Nova 7 – 390 575 ball
  4. Huawei Nova 8 Pro – 388 995 ball
  5. Honor 30 – 386 045 ball
  6. Huawei Nova 8 – 385 489 ball
  7. Honor X10 – 359 867 ball
  8. Honor 30S – 350 307 ball

Flagmanlar reytingida bo‘lgani kabi, eng zo‘r hamyonbop smartfonlar ro‘yxatini tuzishda ham xitoylik foydalanuvchilarning mazkur servisda o‘tkazgan testlari natijalariga tayanilgan, global reytinglar esa alohida chiqadi. Mutaxassislar bu ro‘yxatga asos qilib benchmarkda kamida mingta test qilib ko‘rilgan smartfonlardan har birining o‘rtacha (eng yuqori emas) natijalarini olishgan.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!