Eng kuchli Poco smartfoni taqdim etildi

Eng kuchli Poco smartfoni taqdim etildi

Yangi Poco F4-seriyasida birinchi taqdim etilgan smartfon F4 GT bo‘ldi. Smartfon eng kuchli chipsetlardan biri hisoblanuvchi Snapdragon 8 Gen1 bilan jihozlangan. 

Chipset LiquidCool 3.0 texnologiyasi ega bo‘lib, ikkita maxsus sovutish qoplamasining birlashishidan hosil bo‘lgan. Taqqoslash uchun ushbu qoplam o‘tgan yilgi F3 GT modelinikidan 170% ga kattaroq. 

Qurilmaning unumdorlik darajasi yuqoriligining yana bir sababchisi Adreno 730 grafik protsessori hisoblanadi. U avvalgi avlodga qaraganda 50% yuqori unumdorlikni taqdim etadi. Qurilmaga 120 gerts chastotada ishlovchi 6.67 dyuymli displey o‘rnatilgan. Displey sifati DisplayMate testidan o‘tib, undan A+ darajasini olgan. 

Displeyning sensorli namuna olish chastotasi ham 480 gertsga oshgan. F3 GT modelida ushbu ko‘rsatkich 360 gerts edi. Ushbu smartfon o‘yin o‘ynash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning romida maxsus qo‘shimcha tugmalar joylashgan. 

Poco F4 GT modeli 4,700 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, u 120 vatt HyperCharge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. To‘liq quvvatlanish uchun qurilma 17 daqiqa vaqt sarflaydi. Shuningdek, smartfonda o‘yin o‘ynayotganda uni quvvatlash uchun ham alohida rejim yaratilgan.

Ushbu rejimda smartfonning qizib ketish ehtimoli pasayadi, shu bilan birga, quvvatlash tezligi ham kamaydi. Smartfon qutisidan maxsus USB-C kabeli bo‘ladi, quvvatlanish vaqtida o‘yin o‘ynalyotganda u foydalanuvchiga halaqit bermaydi. 

Smartfon orqa panelida to‘rtta kamera joylashgan. 64MP Sony IMX686 sensori asosiy kamera vazifasini bajaradi. U f/1.9 diafragma linzasiga ega. Shuningdek, asosiy kameraga qo‘shimcha 8MP f/2.2 ultrakeng kamera, 2MP makro kamera va maxsus yorug‘likni qabul qiluvchi sensor o‘rin olgan. 

Old panelda 20MP Sony IMX596 sensori joylashgan bo‘lib, u selfi kamera vazifasini bajaradi. Orqa panelda maxsus led chiroqlar o‘rnatilgan bo‘lib, u bildirishnomalar kelganda yoki quvvatlash vaqtida yonadi, bundan tashqari, o‘yin o‘ynalyotganda vaqtda ular maxsus rang effektlarini taqdim etadi. 

Poco brendi F4 GT foydalanuvchilariga dastlabki 6 oyi davomida ekranni bir marta bepul ta’mirlash imkonini beruvchi yuqori darajadagi xizmatni joriy qilmoqda. Smartfon 28 aprel sanasidan sotuvga chiqadi. U Stealth Black, Knight Silver va Cyber Yellow ranglarda taqdim etildi. Qurilmaning narxi quyidagicha: 

8/128GB - 600 yevro

12/256GB - 700 yevro 

Birinchi haftada smartfonni sotib olgan xaridorlar uchun 100 yevrolik chegirmalar mavjud. Shuningdek, xaridorlarga YouTube Premium'dan ikki oy bepul foydalanishlari uchun vaucher beriladi. 

O‘QING: Oppo K10 Pro va K10 5G smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.