Eng kuchli protsessorga ega 5G-smartfon yarim narxida chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  2561
  •  27.07.2019 09:29

Eng kuchli protsessorga ega 5G-smartfon yarim narxida chiqyapti!

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi smartfonlarni aksariyat kompaniyalar birin-ketin taqdim etishmoqda. Lekin ularning narxi kamida ming dollar atrofida, faqat China Mobile kompaniyasi bitta va’da bergandi...

O‘QING: Atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqadi va keyin u 145 dollargacha arzonlashadi!

Xitoyliklar yuqoridagi va’dani bajara olishmadi, ammo Vivo kompaniyasiga tegishli Iqoo brendi baribir eng arzon 5G-smartfonni tayyorladi! Manbalarning bergan ma’lumotiga ko‘ra, u yaqindagina taqdim etilgan eng kuchli protsessor – Snapdragon 855 Plus chipsetiga asoslangan.

Iqoo Plus 5G rusumli mazkur qurilma 4498 yuanga narxlanadi, bu esa taxminan 655 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

O‘z toifasining eng arzon vakili bo‘lsa-da, unga eng ilg‘or protsessordan tashqari 8 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik ichki xotira ham o‘rnatiladi. Uning sig‘imdor – 4500 mA/soatlik akkumulyatorini 44 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlash mumkin bo‘ladi.

Iqoo Plus 5G smartfonini Vivo yaqin orada taqdim etsa kerak, ammo afsuski, mazkur kompaniya mahsulotlari O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelmagan.

O‘QING: Ishonasizmi, AKT vazirligi 5G tarmoqlarini qurish bo‘yicha takliflar so‘rayapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!