Eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanlar – Redmi K40 Pro hamda kutilmagan K40 Pro+ namoyish etildi!

  •   DiMaX
  •  4874
  •  27.02.2021 11:13

Eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanlar – Redmi K40 Pro hamda kutilmagan K40 Pro+ namoyish etildi!

Xiaomi korporatsiyasining subbrendi kuni kecha Redmi K40 smartfonini taqdim etgani, uning asosiy xususiyatlari haqida xabar bergan edik. Kompaniya ushbu standart flagmandan tashqari, Redmi K40 Pro hamda K40 Pro+ modellarini ham keng jamoatchilikka ko‘rsatgan.

O‘QING: 2020 yili dunyoda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon (Omdia reytingi)

Bu ikkala qurilma ham dizayni, ham ko‘pgina texnik xususiyatlari bilan bazaviy flagman – Redmi K40 modeli bilan bir xil. Shuning uchun quyida har ikkalasining undan farqli jihatlari va narxlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Tabiiyki, Pro-versiyalarning asosiy ustunligi – hozirda Android-qurilmalar uchun eng kuchli chip bo‘lib turgan Snapdragon 888 protsessori bazasiga qurilganligidir. Shuningdek, kamera jamlanmalarida ham har uchala model orasida farqlar mavjud.

Redmi K40 Pro smartfonining bosh kamerasida asosiy sifatida 64 megapiksellik Sony IMX686 datchigi qo‘llangan. Ikkinchisi – 8 MPlik modul va ko‘rish burchagi 119 darajali ob’yektiv bo‘lsa, uchinchisi – 5 MPlik makroob’yektivli kameradir.

Redmi K40 Pro+ flagmaniga kelsak, uning bosh kamerasidagi asosiy sensor 108 megapiksellik aniqlikka ega, qolgan ikkita moduli Redmi K40 hamda K40 Pro’larniki bilan bir xil.

Demak, har ikkala «Pro» versiyali flagan bir-biridan va standart Redmi K40 modelidan bosh kamerasidagi asosiy datchik orqali farqlanadi; shuningdek ularning ikkalasi bazaviy flagmannikidan kuchli protsessorga ega. Bu uchala smartfonning shundan boshqa farqi yo‘q – qolgan xususiyatlari o‘sha-o‘sha va ular bilan mana bu xabarimiz orqali tanishish mumkin.

O‘QING: Redmi Note 10 Pro'ning suratlari paydo bo‘ldi

Hozirda Redmi K40 Pro hamda Redmi K40 Pro+ smartfonlari Snapdragon 888 protsessorli eng arzon modellar bo‘lib turibdi va ularning narxlari

Redmi K40 Pro, xotirasi 6/128 GBlik — $430

Redmi K40 Pro, xotirasi 8/128 GBlik — $465

Redmi K40 Pro, xotirasi 8/256 GBlik — $510

Redmi K40 Pro+, xotirasi 12/256 GBlik — $575

Har uchala smartfon ham Android 11 operatsion tizim ustiga qurilgan MIUI 12 grafik qobig‘i bilan chiqarilgan. Tashqi bozorga ular Poco brendi ostida, boshqa nomlar bilan chiqishi kutilmoqda.

O‘QING: 4 mart kuni Xiaomi'ning sizga tayyorlagan yana bir sovg‘asi bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!