Eng kuchli protsessorli, lekin atigi 280 dollarlik flagmanni qarshi olamiz!

  •   DiMaX
  •  3357
  •  17.10.2019 12:00

Eng kuchli protsessorli, lekin atigi 280 dollarlik flagmanni qarshi olamiz!

Vivo shu yilning iyulida taqdim etgan IQOO Neo smartfoni avgust oyidayoq AnTuTu benchmarkining TOP-o‘ntaligiga kirgan edi. Kompaniya endi shu modelining takomillashtirilgan – Snapdragon 855 Plus protsessorli versiyasini tayyorladi.

O‘QING: Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu, 2019 yil, sentyabr)

iQOO Neo Pro deb nomlanishi taxmin qilinayotgan ushbu smartfon yaqinda Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan. Yakka yadroli sinovda u 3516 ball, ko‘p yadrolisida esa 11262 ball olgan.

Kuni kecha Vivo e’lon qilgan tizerga ko‘ra, mazkur smartfon ekstremal darajada arzon model bo‘ladi:

Shuningdek, Vivo iQOO Neo’ning ushbu ikkinchi avlodi AnTuTu benchmarkida ham tekshirib ko‘rilgan va salkam 480 ming ochko olgan. Mazkur servis uning boshqa texnik xususiyatlarini ham oshkor etgan. Ya’ni, bu devays 2340x1080 piksellik ekranga, 8/256 GBlik tezkor/ichki xotiraga hamda Android 9 Pie operatsion tizim talqiniga ega.

 O‘QING: Realme X2 Pro chindan ham Geekbench testida Redmi Note 8 Pro’ni «yer tishlatdi»!

Twitter tarmog‘ida @AndroidSaint niki ostida foliyat yurituvchi insayder esa iQOO Neo Pro modelining taqdimot sanasi aks etgan tizerni chop etdi:

Ko‘rib turganingizdek, Vivo bu smartfonini roppa-rosa bir haftadan so‘ng – 24 oktyabrda namoyish etadi.

iQOO Neo Pro gadjetining eng ahamiyatli jihati uning narxidadir: insayderlarga ko‘ra, Vivo uni atigi 2000 yuanga baholamoqchi, bu esa taxminan 280 AQSh dollariga teng. Agar ushbu ma’lumot tasdiqlansa, bu – eng kuchli Snapdragon 855 Plus chipsetli eng arzon flagmn bo‘ladi. Mazkur narxi bilan u Redmi hamda Realme kabi arzonchi brendlarga qattiq zarba berishi aniq.

O‘QING: «Xiaomi, chetroq tur!» – 367 dollarlik Realme X2 Pro flagmani taqdim etildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!