Eng kuchli protsessorli eng ilg‘or Android-smartfon ham tezkorlikda iPhone XS’ga bas kelolmadi!

  •   DiMaX
  •  1535
  •  02.10.2018 16:10

Eng kuchli protsessorli eng ilg‘or Android-smartfon ham tezkorlikda iPhone XS’ga bas kelolmadi!

Apple’ning bu yil taqdim etgan ikkita flagman smartfoni benchmarklarda misli ko‘rilmagan natijalar namoyon etgan. Ammo Huawei kompaniyasi hali 16 oktyabrda namoyish etiladigan Mate 20 Pro flagmani ulardan ustun ekani bilan maqtanmoqda.

O‘QING: Huawei yana Apple’ni kalaka qilyapti: iPhone xaridorlariga 60 dollarlik poverbanklarni tekinga ulashdi!

Lekin xitoylik texnogigantning maqtanchoqligi o‘zini uyatga qo‘yadigan ko‘rinadi. Zero, Geekbench ma’lumotlar bazasida ushbu Mate 20 Pro sinab ko‘rilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Qisqacha qilib aytganda, uning ko‘rsatkichlari iPhone XS natijalaridan ancha past!

Huawei Mate 20 smartfoni ushbu benchmarkdagi yakka yadroli testda 3390 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 10318 ball to‘play olgan. iPhone XS flagmanining Geekbench’da ko‘rsatgan eng yuqori natijalari esa tegishlicha 4795 va 11170 ballga teng.

Aytish kerakki, xitoyliklarning Mate 20 hamda Mate 20 Pro smartfonlari Huawei ishlanmasi bo‘lgan Kirin 980 chipseti bazasida ishlaydi. Bu – xuddi kupertinoliklarning yangi flagmanlaridagi A12 Bionic singari, 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan Android-smartfonlarda qo‘llanuvchi ilk protsessordir.

Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlab o‘tish o‘rinli: Huawei o‘tgan haftada o‘zining Kirin 980 protsessori Apple A12 Bionic’dan afzal ekanligini aytib bayonot bergan. Ammo Geekbench servisidagi test natijalari buning aksini ko‘rsatmoqda.

Ayni damda eng kuchli bo‘lib turgan iPhone XS hamda iPhone XS Max flagmanlarini va boshqa modellardagi ayfonlarni Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma orqali xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)